3 - Mavzu. Bino va inshootlarning turlari
Reja:
1. Binolarning turlari.
2. Binoda kuzatuv-tekshiruv ishlari.
3. Sanoat binolarining texnik holatini va resursini aniqlash zaruriyati.
Tayanch so’zlar: bino turlari, texnik baholash, resursni aniqlash,
ekspluatatsiyaviy yuk, nuqsonlar, bioximiyaviy ta’sirlar, me’yoriy ekspluatatsiya,
sifatini baholash.
Binolar vazifasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
1) fuqaro binolari va ularga quyidagilar taalluqli;
a) turar-joy va jamoat;
b) xizmat ko’rsatuvchi va maishiy;
v) jamoat- madaniy (teatrlar, shifoxonalar, o’quv binolari);
2) sanoat binolari (ishlab chiqarish va transport extiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi,
tsex, issiqlik elektr stantsiyalari va boshqa shu kabi binolar).
3) qishloq xo’jalik binolari.
Binolarni ekspluatatsiya qilish qurilgan ob’ektlardan foydalanishni, ya’ni
ularning xonalari bo’sh qolmasligini ko’zda tutadi. Masalan, ekspluatatsiya turar-
joy xonalaridan fuqarolarning yashashi nazarga olinadi. Istiqomat qiluvchilarning
extiyojini qondirish barcha muhandislik tizimlarini (suv o’tkazgichlar, oqava suvlar,
issiq suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, shamollatish, lift qurilmalari) me’yorida ishlab
turishi lozim. Binolarni ekspluatatsiyasi 2 katta bo’limga ajratiladi.
Binolarga texnik xizmat ko’rsatish deganda ularning xonalaridan,
muhandislik tarmoqlaridan, atrofidagi xududdan foydalanish mobaynida lozim
bo’lgan holda tutilishi ta’minlashga aytiladi. Xizmat ko’rsatish pasport ishlarini,
tashkilotlar bilan yashovchilar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarni, bino hovlisidagi
sanitariya tozalash va supurish-sidirishlarni ko’zda tutadi. Texnik ekspluatatsiya esa
rejaviy-ogohlantiruv (kapital va joriy) va ko’zda tutilmagan remontlarni o’tkazishni,
hamda ko’riklar va qurilmalarni sozlashni nazarda tutadi.
Bino va uning ayrim konstruktsiyalari ekspluatatsiya mobaynida tabiiy
omillar ta’sirida eskiradi. Bunday eskirish jismoniy eskirish deyiladi. Binolarni
buzilishsiz ishlatishni ta’minlash uchun eskirish jarayonini to’xtatib turishga yoki
uni daf etishga yo’naltirilgan tadbirlarni o’rnatilgan talablar asosida o’tkazish lozim.
Biroq boshlang’ich holatni to’la tiklashni hatto kapital remontlar natijasida hali
amalga oshirib bo’lmaydi. Gap faqatgina binoning barcha unsurlarini me’yoriy
muddatlarda durust ishlatishni ta’minlovchi tadbirlar ustida borayapti. Remont
ishlari bo’lmagan holda esa eskirish jarayoni tezlashadi va bu holat binoni barvaqt
ishdan chiqishiga olib keladi.
Me’yoriy xizmat muddati deganda, binoning asosiy yuk ko’taruvchi
konstruktsiyalarining o’rtacha yig’ma muddatiga aytiladi. Bu muddat ichida
binoning yuk ko’taruvchi konstruktsiyalari o’z vazifalarini bajaradi, ya’ni binoning
umrboqiyligi deyiladi. Binoning me’yoriy xizmat muddati uning vazifasiga, hamda
qo’llaniladigan ashyo va konstruktsiyalarga bog’liq.
Kapital remontdan maqsad - binoning jismoniy eskirishni yo’qotish, joriy
remontda esa - konstruktsiya va muhandislik tizimlarini barvaqt eskirishdan asrash.
Kapital remontda shu bilan birga binoning eskirish va undagi hajmiy-rejaviy,
sanitar-gigienik va boshqa yechimlarning o’sib boruvchi talablarga javob bermay
qolishi bilan izohlanuvchi ma’naviy eskirishi ham yo’qotilinadi. Masalan, hozirgi
vaqtda balandligi 4 qavatdan yuqoriroq uylarda liftlar o’rnatilishi ko’zda tutiladi,
lozim bo’lganda bino joylashishiga o’zgartirish kiritiladi, tovush va issiqlik
izolyatsiya kuchaytiriladi, arzonroq va samaraliroq ashyo va konstruktsiyalar
qo’llaniladi, turar-joy va boshqa xonalarning maydoni oshiriladi va x.k. Rejaviy-
ogohlantiruvchi remontlarni o’tkazish bino ekspluatatsiyasi ishonchliligini
tavsiflovchi, ya’ni muhandislik, barqarorlik, binoning me’moriy-badiiy ko’rinishi
kabi ko’rsatkichlarni saqlash imkonini beradi.
Rejaviy-ogohlantiruv remontlarini o’tkazishda ma’lum bir davrilikka amal
qilinadi. Bunda kapital davriyligi konstruktsiyaning turiga va uning materialiga,
ya’ni binoning kapitalliligi bo’yicha qaysi guruhga mansubligiga bog’liq. Doiraviy
remont hajmini bog’lovchi ekspluatatsiya qilinayotgan binoning va uning ichki
muhandislik qurilmalarining texnikaviy holatini tavsiflovchi dastlabki xizmatlar uy
va yer maydonining texnikaviy pasporti hamda uylarning konstruktiv unsurlarini,
xonalarning, muhandislik qurilmalarini va tashqi obodonlashtirish ko’riklari
natijalari aks ettirilgan bayonnomalardan iborat. Bu ma’lumotlar asosida turar-joy
ekspluatatsiya shirkatlari tomonidan uylarni kapital remont qilish va obodonchilik
darajasini ko’tarish bo’yicha istiqbolli rejasi, hamda har bir uyning o’rnatilingan
remont doiraviyligi bo’yicha profilaktika remontining yillik rejasi ishlab chiqiladi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib binoning texnik ekspluatatsiyasining vazifasi
quyidagilardan iborat:
-
turar-joy uylari va konstruktsiyalarini va bino qismlarini yaroqli holatda
tutish;
-
bino muhandislik qurilmalarining beto’xtov ishlashini ta’minlash;
-
ko’riklarni, hamda joriy va kapital, ya’ni rejaviy-ogohlantiruv
remontlarini o’z vaqtida o’tkazish;
-
uy atrof hududini saranjom-sarishta tutish.
Binolarning texnik ekspluatatsiyasi maqsad va vazifalaridan farqli, ularga
texnik xizmat ko’rsatishning maqsad va vazifalari bir muncha kengroq. Binolarga
xizmat ko’rsatishda o’tkaziladigan tashkiliy tadbirlar quyidagilarni ta’minlaydi:
-
fuqarolar bilan turar-joyni tasarrufga o’tkazish haqida shartnomalar
tuzish va ularning bajarilishini ta’minlash;
-
ixtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ular bilan
ishlash, masalan, axlatlarni olib ketish, gaz-suv ta’minoti, lift xo’jaligiga xizmat
ko’rsatish va remont qilish va boshqa shu kabilar;
-
pasport ishlarini olib borish.
Binolarga xizmat ko’rsatish va ekspluatatsiya qilishning hamda ko’riklar
o’tkazishning shakl va shamoyilining bunday tus olishi, ularga texnik xizmat
ko’rsatishning o’ziga xos ekanligini, yil davomida uzluksiz tavsifga ega ekanligini
ko’rsatadi.
Bino va inshootlarda ko’zatuv-tekshiruv ishlarining maqsad va vazifalaribino
va uning konstruktsiyalarida loyihaviy holatga nisbatan o’zgarishlarni aniqlash,
ularning kelib chiqish sabablarini o’rganib zaruriy chora tadbirlarni belgilashdan
iborat.
Binoda ko’zatuv-tekshiruv ishlari maxsus litsenziyaga, bilim va malakaga ega
bo’lgan, o’zining laboratoriyasiga ega bo’lgan, yuridik maqomga ega tashkilot
mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Bino va inshootlarning klassifikatsiya va
axamiyatidan kelib chiqqan holda,rejaviy ko’zatuv-tekshiruv ishlarinin o’tkazish
muddatlari turli ob’ektlar uchun turlicha muddatlarda belgilanadi. Davriy va
navbatdan tashqari nazoratda shikastlanish va defektlar aniqlanganda:
-
yong’in va tabiiy ofatlardan so’ng;
-
sanoat korxonasida sodir bo’lgan avariya holatlaridan so’ng;
-
Gostexnadzor tashkiloti ko’rsatmasiga asosan;
-
texnologik jarayonni o’zgarganda yoki konservatsiyaga topshirilganda;
-
ko’zatuv-tekshiruv ishlari muhlati tugaganda yoki me’yoriy xizmat
muddati tugaganda;
-
ob’ekt egasi o’zgarganda, shuningdek korxonani sug’urta qilish
jarayonida;
-
ta’mirlash yoki rekonstruktsiya qilishni iqtisodiy asoslashda;
-
me’yoriy tabiiy-iqlim ta’siri ko’rsatkichlari (zizilaviy, qor va shamol
yuklari) ning ortishi natijasida.
Konstruktsiyani loyihaviy ko’rsatkichlarga mosligini tekshirish, haqiqiy
geometrik o’lchamini, konstruktsiya elementlarida va tugunlarida shikastlanish va
defektlarni aniqlash va ular haqida vedomostь tayyorlanadi.
Boshlang’ich davrda bino ekspluatatsiyasi aholi bilan ishlash, hovli xududini
tozalash, ko’riklar, muhandislik qurilmalarni sozlash va to’g’rilash kabi xizmat
ko’rsatish ishlari bilan chegaralanadi. Bino eskirishini oshishi bilan rejaviy-
ogohlantiruvchi remont ishlari o’tkaziladi. SHunday qilib, binoning texnik
ekspluatatsiyasi o’z ichiga tarkibi va mazmuni binoni ekspluatatsiya qilish davomida
va uning eskirishini oshirishi bilan o’zgarib boruvchi tadbirlar umumlashmasini o’z
ichiga oladi (2.1-rasm).
B
in
o
v
a
u
ri
lm
al
ar
id
ag
i
b
u
zi
li
sh
la
r
Texnik
xizmat
ko’rsatish
mintaqasi
Texnik
ekspluatatsiya va
xizmat ko’rsatish
mintaqasi
CHegaraviy
holatlar
mintaqasi
20 80 100 %
Do'stlaringiz bilan baham: |