Oyoqlarni keng ochib o`tirgan holatdan gavdani o`nga va chapga burish hamda har ikki qo`lni oyoq uchiga tegizishga harakat qilib, gavdani burilgan tomonga engashtirish.
Qo`l-oyoqda turgan holatda, qo`llarni to`lqinsimon bukish va gavdani gorizontal holatga tushirish hamda qaytadan dastlabki holatga qaytish.
Chalqanchi yotish, qo`llari va boshi bilan tayanib, ko`prik holatini olish. Qo`llari va boshiga tayanib turib tebranish, oyoqlari bilan o`nga va chapga egilish, qo`llarini qo`yib yuborib boshi va oyoqlariga tayonib turish va tebranish. Bu mashqlarning juda ko`p variantlari ham bo`lishi mumkin.
Ko`prik bo`lib turgan holatda qo`llarni qo`yib yuborish va boshiga tayanib, qo`llari bilan oyoqlarini ushlab olish, oyoqlarini qo`yib yubormay yon tomonga yotish va qoringa aylanib olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |