Talab qilinadi: Sizning firmangiz bu taklifni qabul qila oladimi? Holatlarni tahlil qiling.
Masala. Sizning auditorlik firmangiz mijozga moliyaviy hisobot tayyorladi. Uch haftadan so‘ng mijoz telefon orqali qaysidir hujjatda xatoga yo‘l qo‘yilganligini e’lon qildi.
Talab qilinadi:Xatoni yuzaga kelmasligi borasida qanday sifat nazorati tadbiri amalga oshirilishi lozim. Holatlarni tahlil qiling.
Masala. Yuridik shaxs hisoblangan o‘quv markazimizga ustav fondida davlatga qarashli ulushi bo‘lgan korxona asos solgan. Shu yo‘nalishda savol tug‘iladi: tashkilotimiz har yilgi majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkaziladimi? Uni o‘tkazmagan taqdirimizda bizga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llaniladimi? Eshitishimizcha, joriy yilning 1-mayiga qadar biz DSIga tegishli auditorlik xulosasini taqdim etishimiz lozim ekan. Ustav fondida davlatga tegishli bo‘lgan ulush mavjud bo‘lgan tashkilot unitar (yoki shu’ba, qaram) korxona shaklida barpo etilgan mustaqil yuridik shaxsning ta’sischisi bo‘lgan taqdirda, u ustav fondida davlatga tegishli bo‘lgan ulushga ega xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadimi?
Masala.Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) sifatida 12-yildan beri faoliyat yuritib kelaman, o‘tgan davr ichida umuman tekshirish o‘tkazilmagan. Bu borada quyidagi savollar tug‘iladi:
1. Soliq organi tadbirkorning necha yillik faoliyatini olib tekshiradi?
2. YaTT faoliyati davrida to‘plangan hujjatlarni necha yil saqlashi shart?
3. Tekshiruvchilarning 5 yildan avvalgi hujjatlarimizni talab qilishi to‘g‘rimi?
4. Tadbirkor 5 yildan avvalgi bo‘lib o‘tgan ishlari uchun javob beradimi?
Masala. Soliq tekshiruvlari, ularni o‘tkazish tartiblari va tekshiruv dalolatnomalarini tuzish masalalari qanday hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona buxgalterlari tomonidan auditorlardan quyidagi masalalarga tushuntirish berish so‘raldi:
- Bizning kichik korxonamiz umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritadi. Prezidentning 2011-yil 4-apreldagi PF-4296-sonli farmonining tekshirishlar muddatlarini uzaytirishga yo‘l qo‘ymaslik va 2014-yilga qadar tekshirishlarni taqiqlash to‘g‘risidagi me’yorlari nazorat-kassa mashinalari, to‘lov terminallarini qo‘llash, savdo qoidalari rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishlarga tatbiq etiladimi?
- Qisqa muddatli tekshirish chog‘ida soliq inspektorlari bizga uning tayinlanganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etdilar, biroq Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga hech qanday yozuv qayd etmadilar. Tekshirish dalolatnomasini tanishish uchun bizga taqdim etmadilar, biz hatto uni tuzgan yoki tuzmaganliklarini bilmaymiz. Biz tekshirish natijalariga qo‘shilmaymiz. Tekshiruvchilarning harakatlari qonuniymi, biz ularning haqiqiy emas, deb topilishini talab qila olamizmi?