3-MAVZU:
Audit о‘tkazish jarayonida ma’lumotlarni yig‘ish va
umumlashtirish bо‘yicha auditning xalqaro standartlari
Takrorlash uchun savollar
1.
Tanlash nima va u auditda tanlash qanday ahamiyat kasb etadi?
2.
Auditor tekshiruvda tanlovni qo’llashdan maqsadi nima?
3.
Tanlashning qanday turlari mavjud va u nimalarga qarab foydalaniladi?
4.
Auditorlik tanlashning qaysi usuli samaraliroq va uning qaysi birini tanlashni kim
tayinlaydi, u nimaga qarab belgilanadi?
5.
Auditorlik tanlashning natijasi nimada aks etadi?
6.
Auditorlik tanlashning qanday usullari mavjud?
7.
Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish deganda nimani tushunasiz?
8.
Mohiyatan tanlab tekshirish va tanlash ko’lami qanday ta’riflanadi?
9.
Kuzatish birligi, tanlash birligi va tanlash uslublari qanday ta’riflanadi?
10.
Saylab olish hajmi va salmoqli (reprezentativ) tanlash qanday ta’riflanadi?
11.
Tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga qanday tadbiq qilinadi?
12.
Sistematik tanlash qanday ta’riflanadi?
13. Uyg’unlashgan tanlash qanday ta’riflanadi? Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida
tanlash va umumlashtirlgan dasturiy ta’minot sharhi qay tartibda foydalanish mumkin?
13.
Auditorlik tanlashning maqsad va vazifalari nimadan iborat?
14.
Tanlash bilan bog’liq risklar nimalarda iborat?
15.
Tanlashning qanday turlari mavjud?
16.
Statistik tanlash nima?
17.
Nostatistik tanlash nima?
18.
Statistik va nostatistik tanlash o’rtasida qanday farq mavjud?
19.
Monetar tanlash nima?
Masala.
Umumiy hujjatlar soni 500ta bo’lib, tanlab tekshiriladigan hujjatlar 50tani tashkil etadi.
Talab qilinadi: Tanlab olish intervalini va tasodifiy tanlash tartibini aniqlang?
Masala. Auditor mol etkazib beruvchilar bo’yicha 60ta hujjatni tekshirib chiqdi va 2 ta
hujjatda xatolik aniqlandi. Mol etkazib beruvchilar bo’yicha umumiy hujjatlar soni 400tani tashkil
etadi.
Talab qilinadi: Ushbu aniqlangan xatolikning umumiy to’plamga ta’sirini aniqlang?
Masala. Quyidagi ma’lumotlarning yakunini quyida keltirilgan 1-jadval ko’rinishida
rasmiylashtiring.
1. Auditorning ishchi hujjatlarini tahlil qilishda sifat nazoratini o’tkazish kerak bo’ladi.
Chunki, xulosani sub’ektiv berish uchun etarli auditorlik dalil hujjatlarini yig’ish lozim bo’ladi.
-
Ishchi hujjatlarni tahlil qilishda auditor ishonch hosil qilish kerakki, audit dasturi
talablariga amal qilinishini; (bajarilgan ishlar xarakteri va hajmi qayd etilishi);
-
Ishchi hujjatlar aniq shaklda, sodda va izohsiz taqdim qilinishi;
-
Ishchi hujjatlardagi ma’lumotlar hisob va hisobotning mazmunini tashkil qilishi va
auditorlik xulosaning analitik qismiga xulosa berishga muvofiqligi;
2. Auditorlik xulosasini tuzing.
3. Auditorlik xulosaning kirish qismini tuzish uchun ilovadagi ma’lumotlardan
foydalaniladi.
4. Auditorlik xulosaning analitik qismi ishchi hujjatlardagi ma’lumotlarga muvofiq
ilovadagi holatlarda tanlab olingan variantlarga asosan tuziladi.
5. Auditorlik xulosaning turi mashg’ulotlardagi tanlab olingan variantlarning ma’lumotlarini
umumlashtirish asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |