Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug’ilishi
Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining tug’ilishiga imkon yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Quyida bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Suqrot(Sakrat). (yeramizdan avvalgi 469-399-yillar) o’zining ijtimoiy kelib chiqishiga qaramay (Suqrot haykaltaroshning o’g’li edi) konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o’z aksini topdi. Suqrot dunyoning tuzilishini, buyumlarning fizik holatini bilib bo’lmaydi, odamlar faqat o’zlarinigina bilishi, axloqni kamol toptirishi lozim deb hisoblar, faylasuf bo’lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. Keng maydonlarda so’zga chiqar, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo’li bilan haqiqatni topishga undar edi. Bu «Suqrot metodi»(Yevristik) nomi bilan fanga kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |