3-Mavzu (2 soat) sharq mutafakkirlarining tilshunoslik qarashlari savollar


Mahmud Zamaxshariy - arablar va g’ayri arablar ustodi



Download 34,28 Kb.
bet5/6
Sana21.11.2022
Hajmi34,28 Kb.
#869462
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-maruza

Mahmud Zamaxshariy - arablar va g’ayri arablar ustodi.
Ilmu fan xazinasiga byebaho durdonalar qo’shgan Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy (1075-1144) Xorazm viloyatining Zamahshar qishlog’ida dunyoga keldi va voyaga yyetdi.
Zamaxshariyning fan olamidagi ulkan xizmatini hisobga olib, unga Sharq olimlari tomonidan "Ustoz-ul-arab va-l-ajam" (arab va g’ayri arablar ustozi), "Faxr-i Xorazm", "Jorullox" kabi unvonlar berilgan. U arab tilida nazm va nasrda yozilgan badiiy asarlardan tashqari tilshunoslik, adabiyotshunoslik, falsafa, tarix kabi fanlarga oid ellikdan ortiq asar yozgan.
M. Zamaxshariy arab tilshunosligi an’analarini davom ettirgan yetuk tilshunoslardandir. U arab leksikografiyasining mavzuviy tamoyilidan mohirlik bilan foydalanib, mavzuviy guruh ichida so’zlarni alfavit tartibida joylashtirishni joriy qildi.
Zamaxshariy yirik tilshunos sifatida arab tilshunosligining rivojiga katta hissa qo’shdi (7). U o’zining "Asos-ul-baloga" ("Cnechanlik poydevori") deb atalgan lug’ati bilan arab lug’atchiligini bir necha pog’ona yuqori ko’tardi. U lug’atida so’zlarning birinchi harfini va undan keyingi harflarini nazarga olgan holda alifbo tartibida berdi. Bu usul sal o’zgargan shaklda hozirgi zamon leksikografiyasida ham qo’llanilmoqda. So’zlarni izohlashda ham Zamaxshariyning yutug’i katta. U so’zlarning asl ma’nolarini Berib, shu ma’noni tasdiqlovchi misollar keltiriladi. Olim so’zning qaysi iborada qanday ma’noda qo’llanilishiga e’tibor beradi, so’z ko’chma ma’nolarining paydo bo’lish sabablarini ko’rsatib o’tadi. Zamaxshariyning "Al-foiq fi g’arib-il-hadis" ("Hadisdagi notanish so’zlarni o’zlashtiruvchi") asari ham lug’at bo’lib, hadis va adabiy asarlarda uchraydigan, ma’nosini anglash qiyin bo’lgan so’zlarni izohlashga bag’ishlangan. Bunda ham so’zlar alifbo tartibida Berilib, uning ma’nosi izohlanadi va ma’noni ochuvchi she’riy yoki nasriy misollar keltiriladi. Zamaxshariy "Al-jibol va-l-amkina va -miyoh" ("Tog’, manzil va suvlar") degan ajoyib toponimik asar ham yaratgan. Bu kitobda geografik atamalar alifbo tartibida Berilib, avval shu atama qaysi yyer, tog’ yoki suvning nomi ekanligi aytiladi, so’ngra shu nomning qo’yilishi sababi va u bilan bog’liq rivoyat va she’rlar keltiriladi. Zamaxshariyning "Muqaddimat-ul-adab" ("Nafis so’zlarga muqqadima") asarida arab tili leksikasi va grammatikasiga oid fikrlari o’z ifodasini topgan. Lekin bu asar arab tili tarixini o’rganishdagina emas, balki turkiy, forsiy, mo’g’ul xalqlari tillari tarixini o’rganishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. "Muqaddimat-ul-adab" asari besh qismdan iborat bo’lib, birinchisida ism turkumiga kiruvchi so’zlar, ikkinchisidan fe’llar, uchinchisida ko’makchilar, to’rtinchisidan ismlarning turlanishi, beshinchisida fe’l tuslanishi berilgan. Arabcha so’zlarning ostida forscha, ba’zilarida turkiy, hatto mo’g’ulcha tarjimalari ham berilgan. Bu asar xorazmiy tiliga ham tarjima qilingan.
Xullas, M. Zamaxshariy lug’atining turkiycha qismida XII-XIII asrlar Markaziy Osiyo turkiy adabiy tilining leksikasi o’z aksini topgan.
Zamaxshariy arab maqollarini yig’ib o’rganish borasida ham katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, "Al-mustasqo fi amsol-al-arab" (Arab maqollarini nihoyasiga yetkazuvchi") asarida uch yarim mingga yaqin arab maqola alifbo tartibida berilgan.
Zamaxshariy o’tkir olim bo’lish bilan birga, iste’dodli yozuvchi va shoir ham edi. Olimning arab tili, adabiyoti va uslubi sohasidagi bilimlari uning badiiy asarlarida o’z aksini topgan. Zamaxshariyning "Navobig’ ul-qalim" ("Hikmatli so’zlar"), "Maqomat az-Zamaxshariy" ("Zamaxshariy maqollari"), Atvoq uz-zahab fi-l-mavo’iz va-l xutab" ("O’git va nasihatlarning oltin munchoqlari") kabi asarlari badiiy nasrning yuksak namunalari hisoblanadi. Uning "Navobig’ ul-qalim" asari aforizmlardan iborat. Undagi hikmatli iboralar g’oyaviy va badiiy jihatdan yuksak. Masalan, Zamaxshariy molu mulkka mukkasidan kelganlarga nisbatan: "Ey, molu mulk talabgori, sening ko’krak emuving muddati cho’zilib ketdi, bas, yetarli, qachon ko’krakdan ajralasan. Tag’in bu foyda seni jahannamga solmasin?" (8: 79).
Mahmud Zamaxshariyning arabcha devoni ham bo’lib, unga lirik va falsafiy she’rlari, qasidalari, faxriya, marsiya va maktublari kiritilgan.
Xullas, Mahmud Zamaxshariy ma’rifat dunyosida diniy ilmlar, lug’atshunoslik, grammatika, aruz, adabiyotga va mantiqqa oid ellikka yaqin asari, Qur’oni karim tafsiriga bag’ishlangan "Al-kashshof" kitobi bilan ma’lum va mashhurdir.

Download 34,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish