- Shuningdek, kuylar uyg'unligi, kuy ijro etish usullari haqida so'z yuritadi. Rivoyatlarda keltirilishicha, Forobiy yangi musiqa asbobi yaratgan, kuy bastalagan, mohir sozanda sifatida nom chiqargan. Forobiyning aytishicha, musiqiy tasavvurlar inson ruhining eng nozik joyidan qaynab chiqib, ohang holida sezgi quvvatlariga ta'sir qiladi.
- Forobiy tovushlarining xarakteriga ko‘ra musiqa asboblari xilma-xil rol o‘ynaganini ko‘rsatib o‘tadi: “Janglarga mo‘ljallangan cholg‘u
- asboblari mavjud, ulaming ovozi baland va keskin. Ziyofat va raqs-
- lar uchun, to‘y va quvnoq yig‘ilishlar uchun, muhabbat qo‘shiqlari
- uchun ham maxsus cholg‘u asboblari bor. Ayrimlarining tovushi
- keskin va hazin bo‘ladi; bir so‘z bilan aytganda, ular shunchalik
- ko‘p, shunchalik xilma-xilki, hammasini sanab o‘tish qiyin”. Shun-
- day qilib, somoniylar davrida cholg‘u asboblarida ijrochilik keng
- ko‘lamda rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |