Abu Rayhon Beruniy (973-1048) - Abu Rayhon ibn Ahmad Beruniy 973-yilda O`rta Osiyoning yirik madaniyat markazi ―
- Xorazmning Kot (hozirgi Beruniy shahri) atrofida tug`ildi. U o`z yurtida tahsil ko`rgan. Bir
- necha tillarni va falsafa, falakiyot ilmi, matematika fanlarini mukammal o`rgangan,
- botanika, mineralogiya va boshqa tabiiy fanlarga ham qiziqqan Nihoyatda keng bilimli va o`tkir mushohadali, ilmning turli sohalarini mukammal egallagan Beruniy yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash masalalariga ham jiddiy e`tibor bergan. U pedagogika bo`yicha maxsus asar yozmagan bo`lsa-da, falsafa, psixologiya, ijtimoiy masalalarni tahlil qilishda ta`lim-tarbiya, ilm-ma`rifat va odob-axloq haqidagi fikrlarini asosli ravishda bayon etgan. U eng avval, insonning baxti va fazilati ilmdadir, degan g`oyani ilgari surgan.
- Beruniy Xorazm tili bilan birga, arab, sug’d, fors, suryoniy, yunon ibroniy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o’rgangan. U yunon klassik ilmi, astronomiya, falsafa, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, filologiyadan ham chuqur bilim oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |