18-rasm. Orqa miya o’smasida bo’yin umurtqasining mielogrammasi (kontrast modda soyasi kurinishida bo’shliqning to’lganligi ko’rinayapti).
19-rasm. Kompyuter tomogrammasi. Shmorl LIII churrasi.
20-rasm. Tomogramma (yadro-magnit rezonansi).
Suning orqa miya kanali deformatsiyalanishi bilan ag’darilib chiqishi.
Ossillografiya oyoq yoki qo’lning turli satxida manjetaning siqish darajasiga qarab qog’oz yoki plyonkada arteriyadagi puls to’lqinlarini yozadi.
Ossillografiya yordamida yana arteriya maksimal (Mk), o’rtacha (O’r) va minimal (Mn) bosimini aniqlash mumkin. Bundan tashqari, ossillofamma orqali ossillyator ivdeksini (OI) xisoblash mumkin, bu arteriya tonusini ossillyatsiya chukurligi bo’yicha aniqlaydi; ular kancha chukur bo’lsa, tonus shuncha past, ossillyatsiya kancha kam bo’lsa, tonus shuncha yuqori bo’ladi.
Reovazografiya arteriya tebranib kon bilan to’lishiga karab elektr o’tkazuvchanlikning o’zgarishlarini yozish tamoyiliga asoslangan. Krn aylanish tezligining ko’payishi bilan uning elektr karshiligi kamayadi — metod ana idu xususiyatga asoslangan. Elektrodlar qo’l yoki oyoq segmentiga ko’yiladi va ossillyatsiyani qog’oz tasmaga elektrokardiograf yordamida yoziladi.
Laborator tekshirishlar ko’rsatkichlari travmatologiya va ortopediyada spesifik diagnostik axamiyatga ega emas. Suyak to’qimasi shikastlanganda siydikda neytral yog’ning paydo bo’lishi va uning yog’ emboliyasi bilan asoratlanishi bundan istisno. Klinik travmatologiya amaliyotida umumiy tekshirishlardan foydalaniladi. Bunga qon, siydik analizi, lyumbal punksiyada bo’g’imlardan olingan punktat, absessdan, infiltrat va suyaklardan olingan suyukliklar kiradi. Sil, exinokokk va boshqalarga reaksiya ko’yiladi, biopsiya, biokimyoviy, bakteriologik va boshqa tekshirishlar o’tkaziladi.
Tashxis ko’yish. Bemorni tekshirish natijasi tashxis qo’yish bilan xulosalanadi. Ayrim hollarda tashxis qo’yish oson, ammo ko’pincha ortopedik kasalliklarda tashxis qo’yish uchun xamma klinik rentgenologik laborator va boshqa ma’lumotlardan foydalaniladi va kasallikning rivojlanishi o’rganilib, tashxis ko’yiladi.
Yallig’lanish jarayonlarida yallig’lanish tabiatini aniqlash kerak — surunkali yoki o’tkir. So’ngra yallig’lanish etiologiyasi ko’rsatiladi: sil, bod kasalligi, distrofik jarayon sababli va xokazo. Bularni aniqlagach jarayon lokalizatsiyasi aniqlanadi, masalan: a) katta boldir suyagi yuqori uchdan bir qismining surunkali gematogen osteomieliti; b) chap tizza bo’g’imi kanotsimon boylamining surunkali giperplaziyasi (Goff kasalligi).
Travmada to’g’ri ta’riflangan tashxis kuyidagi savollarga javob berishi kerak: 1) ochiq yoki yopiq shikastlanish; 2) uning tabiati; 3) qanday to’qima shikastlangan (mushak suyak va xokazo); 4) shikastlanish joyi; 5) to’qimalar yoki suyakning ajralishi va ko’zgalishi; 6) qo’shilib kelgan jaroxatlanish (nerv, tomir, siydik chikaruvchi yo’llar va xokazo).
Do'stlaringiz bilan baham: |