14-rasm. Oyoqning kaltalik turlari.
a-tizzaning bukuvchi kontrakturasida funksional kaltalanish; b-son suyagi sinib siljiganda oyoqning xaqiqiy kaltalanishi; v-son chiqqanda oyoqning nisbiy kaltalanishi.
Santimetrli tasma bilan o’lchashdan tashqari, qo’l-oyoqlar uzun-aigidagi farqni ko’z orqali nisbiy taqqoslash yo’li bilan aniqlash mumkin. Buning uchun bemorni qattiq kushetkaga yotkizib, tizza qop-qog’i yuqori qutblarini, boldir to’piqlarini va yonbosh suyagi oldingi-yuqori qirralarini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. Agar ko’rsa-tilgan nuqtalar bir-biriga mos kelmasa, unda qaysi segment xisobiga uzun-kaltalik borligi aniqlanadi. Shunday qilib, bemor qattiq kushetkaga chalkancha yotkizilib, oyoqlarini tizza va chanoq-son bo’g’imlarida buqiladi. Bemorning oyoq tomonidan qaralsa, tizzalarning past-balandligi yaqqol ko’rinadi, bu son segmentining uzun yoki kalta-ligini aniq ko’rsatadi. Boldirlarning uzun-kaltaligini bemorni stul qirrasidan oyoqlarini osiltirgan xolda o’tkazib aniqlanadi (15-rasm). Qo’lning uzun-kaltaligini aniqlashda qo’l tushirilgan va tanaga yaqinlashgan xolatda bo’lishi kerak Yelkaning uzunligini aniqlashda qo’lni tirsak bo’g’imida to’g’ri burchak ostida buqiladi va bemorning orqa tomonidan o’tib qaralsa, tirsaqlarning o’zaro farqi aniqlanadi (16-rasm). Bilaklarning bir-biridan uzunligi farqini aniqlashda ikkala tirsakni stolga ko’yib, kaftlar bir-biriga ko’yiladi: bigizsimon o’siklarning joylashishi va barmoqlar uchlarining bir-biriga to’g’ri kelmasliga bilaklarning notekisligini bildiradi. Oyoq panjasining turli deformatsiyalarini ular konturalarining izini olish bilan o’rganiladi (podogramma).
15-rasm. Boldir uzunligini solishtirish. 16-rasm. Yelka uzunligini
solishtirish.
Buning uchun oyoqlar kaftiga bo’yoq surtiladi, bemor bir varaq oq qog’ozga oyog’ini ko’yadi va qolgan iz asosida patologik o’zgarish aniq-lanadi. Umurtkani o’lchash uning deformatsiyasiga muvofiq sagittal (skolioz), frontal (kifoz, lordoz) va gorizontal (rotatsiya) yuzalarda bajariladi. Yoniga qiyshayishni vertikal xolatda shovun yordamida o’lchanadi. Buning uchun flomaster yordamida belgilab, brilliant ko’ki eritmasi yoki siyoh bilan to’g’ri o’siqlar bo’ylab, shovun ipini past-yelka teshigiga to’g’rilab, vertikal chiziqdan og’ganligi aniqlanadi. Agar deformatsiya bo’lmasa, shovun chizigi bilan to’g’ri o’siq chizig’i bir-biriga mos keladi. Frontal yuza deformatsiyasini burchak o’lchagich -kifometr bilan konturlarini chizib aniqlanadi. Qiyshiqlik dina-mikasi bir necha pozitsiyada: odatdagi, to’g’rilangan, buqilgan va yozilgan qad-qomatda o’lchanadi.
Mushak kuchini o’lchash. Tayanch-xarakat apparatining ko’pgina deformatsiyalarida mushaklar sistemasining xolatini aniqlash bemorlarni tekshirishning muhim metodi xisoblanadi. Biror segmentda mushaklar muvozanatining buzilishi deformatsiya rivojlanishiga asosiy sabab bo’lishi mumkin. Bu asimmetriya sust va spastik falaj-liklarda (poliomielit, bolalar markaziy falaji – DSP, orqa miyaning shikastlanishi) bo’ladi. Mushaklar kuchini xarakat paytida tekshirish natijalari maxsus dinamometr yordamida ballar xisobida baholanadi. Talaygina yuk tushganda oyoq-qo’l segmentidagi mushak guruxlarining xarakatlar xajmi batamom saqlanib kolgan xolat norma (5 ball) deb qabul qilinadi. 4 ball – xarakatlar to’liq xajmda mavjud, ammo kam yuk bilan bajariladi. 3 ball - to’lik xarakat xajmi saqlanib qolgan bo’lib, mushaklar taranglashishi faqat qo’l yoki oyoq massasini enga oladi; 1-2 ball - mushaklarning qisqarishi qo’l yoki oyoq massasini enga olmaydi; 0 ballda xatto mushak qisqarishini aniqlab bo’lmaydi, ya’ni to’lik falajlik ro’y beradi.
Tayanch-xarakat apparatining funksiyasini aniqlash. Tayanch-xarakat apparati bir segmentining faoliyati buzilishi, organizmda kompensator o’zgarishlar rivojlanishiga olib keladi. Bu kompensator – moslashish o’zgarishlar har bir odamda individual shakllanadi va ko’p jixatdan uning markaziy asab sistemasi xolati va shikastlanish xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Tayanch-xarakat a’zolarining biror segmentida nuqson topilgan bo’lsa, organizmda kompensatsion o’zgarishga olib keladi. Lekin individuallikka qaramay, moslashish reaksiyalari ko’pgina umumiy klinik belgilariga ega. Funksional xolat bemor yurganda, tik turganda, o’tirganda, tizzalarini bukib, panjalarini bosib o’tirganida, poyafzal kiyganida, kichkina jismlarni (predmetlarni) olganda, yozganda, tugmasini taqqanda va boshqalarda baholanadi. Bemorning yurishini o’rganish tayanch-a’zolarining funksional xolatini aniqlash imkonini yaratadi va yurishning turlicha bo’lishiga asoslanib to’g’ri tashxis qo’yish va tegishli muolaja qilishga imkon beradi. Chunonchi, «o’rdaksimon» yoki chayqalib yurish sonlar boshchasining ikki tomonlama tugma chiqish belgisi xisoblanadi, avaylab oksoqlanish og’riq. sezish natijasida, avaylamasdan oksoqlanish oyoqning kaltaligi va boshqa sabab-larga bog’liq. (17-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |