3. Mashg’ulotning tarkibiy qismi(mazmuni)


Zarur ma’lumot beradigan rentgen suratini olish uchun



Download 480,69 Kb.
bet17/32
Sana29.12.2021
Hajmi480,69 Kb.
#78152
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
Адаптив мустақил

Zarur ma’lumot beradigan rentgen suratini olish uchun 

quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: 

  • Shikastlangan joy rasm markazida joylashishi kerak aks xolda aniq bo’lmagan tasvirdan tashqari shikastlangan soha to’liq ko’rinmasligi mumkin. 


  • Shikastlanganda yaqin joylashgan bo’g’im ham suratga tushiriladi. 


  • Agar ikki suyakli segment shikastlangan bo’lsa (boldir, bilak) suratga ikkala bo’g’im ham olinadi. Bu qoidaga rioya qilinmasa, unda tashxisda xatolikka yo’l qo’yish mumkin, chunki ko’pchilik singan suyaklar satxi mos kelmaydi, suyak siljishlari va chiqishlari aniqlanmasligi mumkin. 


  • Xamma suyaklar va bo’g’imlar surati, albatta, ikki proyeksiyada olinishi kerak 


  • Ayrim kasalliklarda va shikastlanishlarda sog’lom va kasal tomonlari simmetrik xolda suratga olinadi. 


  • Sifatsiz va bitta proyeksiyada olingan rentgen suratlar asosida xech qachon shikastlanish va kasalliklar xarakteri haqida xulosa chiqarmaslik kerak 


Travmatologiya va ortopediyada keng mikyosda suyaklar tomografiyasidan foydalaniladi, bu suyak to’qimasining muayyan qatlamining rentgenogrammasini olishga imkon beradi. Bu patologik o’chok chukurligi yoki yotjismni aniqlash imkonini yaratadi. Odatda, katlamlar orasi-dagi masofa 0,5 sm dan oshmasliga kerak Tomofafik suratlarni ob­zor reshtenogrammalar obdon o’rganilgandan keyin qilinadi. Kasal-likning joylashishini yanada aniqrok bilish uchun ayrim xollarda tomogrammani kesmalarning katta zichligida (03 sm) qilinadi.

Elektron-opgik o’zgartirgich bo’lganda suyak va bo’g’imlar rentgenos­kopiyasi qimmatli ahamiyatga ega va rentgen tasvirini 1000 martadan ortikrok bor kuchaytiradi, bu bemor va tibbiyot xodimlariga nur ta’sirini kamaytiradi.

Artrografiya bo’g’imdagi shikastlanishlarni aniqlashda ishlatiladi. Bo’g’im bo’shligaga rentgenkontrast moddalar, masalan gaz, tarkibida yod saqlovchi va boshqa moddalar yumshoq to’qimalar konturlaridagi o’zgarishlarni rentgenogrammada aniqlashga (sinovial parda, menisklar va boshqalar) yordam beradi. Umurtka diski va dural xaltachadagi patologik o’zgarishlarni o’rganishda kontrast usul keng qo’llaniladi. Konfast moddaning umurtkalararo diskka yuborilishi (diskofafiya) uning xolatini aniqlashga yordam beradi. Kontrast moddani suba-raxnoidal bo’shliqqa yuborish (mielofafiya) nafaqat disk «chur-rasini», balki hajmi boshqa o’smalarni ham aniqlashga imkon beradi (18-rasm). 

Kompyuter tomografiyasi (KT) ning so’nggi o’n yillarda ishlatilishi rentgen suratini frontal kesimda 1 mmgacha olish imkonini berdi. Bu rentgen kesmalarini qavatma-qavat yoki ma’lum oralikda plyonkaga olinganda kasal juda kam nurlanadi. Bunda 85-90% xollarda tayanch-xarakat tizimidagi kasalliklarning joylashishi aniqlanadi; umurtkalararo disk churrasi, suyak tizimi va boshqalar (19-rasm). 

Yadro-magnit rezonans usuli (YaMR). Bu usul kompyuter tomofa-fiyasiga o’xshaydi, sagittal yuzada rentgen surat olishga imkoniyat yaratadi, odam tanasining turli yuzalari va bo’shliqlaridagi (ko’krak qorin) shikastlanishlarni keng baholashda qimmatli usul xisoblanadi. To’qimalardagi patologik o’zgarishlar yaxshi ko’rinadi (20-rasm).

Elektrofiziologik va laborator tekshirishlarni o’tkazish. Mushaklarni xarakat qobiliyatini va innervatsiyasini aniqlash uchun elektromiofafik tekshirish usullari ishlatiladi. Bugungi kunda ko’proq quyidagi elektrofiziologik tashxis qo’yish usullari ishlatiladi.



Elektromiografiya mushaklar toki ta’sirini aniqlashga imkon beradi, chunki ular nafaqat xarakat tizimini, balki uning innervatsiyasini xam aks ettiradi.

Siklofafiya, kinoga olish, miofafiya yordamida mexaniq xarakatlarni qayd etish, bu harakatlarga faqat tashqi tomondan baho bersa, elektromiofafiya esa xarakat koordinatsiyasining ichki qonuniyatlarini tushunishga imkoniyat yaratadi.



 


Download 480,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish