137. Halima 5 dona konfet sotib olib, 50 so’m qaytim oldi. Agar u 8 dona konfet olganda edi, yana 160 so’m to’lashi kerak bo’lar edi. Bir dona konfet necha so’m turadi?
138. Avtobazada turgan yuk mashinalar avtobuslarga qaraganda 46 ta kam. Agar avtobazadagi yuk mashinalar avtobuslarga qaraganda 3 marta kam bo’lsa, yuk mashinalar nechta?26
139. Arqon ikki bo’lakka shunday bo’lindiki, birinchi bo’lagi ikkinchisidan 4 marta uzun bo’ldi. Agar birinchi bo’lagi ikkinchisidan 18 m uzun bo’lsa, har qaysi bo’lakning uzunligi qancha?
140. 2 ta avtobusda 69 ta yo’lovchi bor. 1- avtobusdan 5 ta, 2- avtobusdan 7 ta yo’lovchi tushgandan keyin, 1- avtobusda 2- sidan 2 marta kam yo’lovchi qoldi. Har bir avtobusda qancha yo’lovchi bo’lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |