3. Maktab bog’iga 36 tup mevali daraxt bor. Daraxtlarning 2/9 qismi nok, qolganlari olma. Maktab bog’idagi nok daraxtlari olma daraxtlariga qaraganda necha tup kam?
4. Kinoteatrning tomosha zalida 18 ta qator, har bir qatorda 22 tadan joy bor. Agar chiptaning narxi 200 so’mdan bo’lib, 3 seansning hammasiga chiptalar sotilsa, kinoteatrga qancha pul tushadi?
5. Mirza 24 ta qo’ziqorin topdi. Karim Mirzaga qaraganda 6 ta kam qo’ziqorin topdi. Nazira Karimga qaraganda 2 marta ko’p qo’ziqorin topdi. Ular uchalasi birga nechta qo’ziqorin topishgan?
6. Mirza 24 ta qo’ziqorin topdi. Karim Mirzaga qaraganda 6 marta kam qo’ziqorin topdi. Nazira Karimga qaraganda 2 ta ko’p qo’ziqorin topdi. Ular uchalasi birga nechta qo’ziqorin topishgan?
7. O’quvchilar 25 tup daraxt ko’chatini yo’l chetiga bir to’g’ri chiziq bo’ylab ekishdi. Har ikki qo’shni daraxt orasidagi masofa 3 m. Eng chekkadagi daraxtlar orasidagi masofa necha m bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |