141. Agar har bir uyning oldiga 7 tupdan daraxt ko’chati o’tqazilsa, u holda 50 tup ko’chat yetmaydi. Agar 5 tupdan o’tqazilsa, 10 tup yetmaydi. Ko’chada nechta uy bor?
142. 4- sinf o’quvchilari futbol to’pi sotib olishmoqchi bo’lishdi. 5 so’mdan pul yig’ishganda to’plangan pul futbol to’pi narxidan 15 so’m kam bo’lib qoldi. 6 so’mdan yig’ishganda, to’plangan pul futbol to’pi narxidan 7 so’m ortiq chiqdi. Sinfda nechta o’quvchi bor va to’pning narxi necha so’m?
143. Otasi 41 yoshda, katta o’g’il 13 yoshda, qizi 10 yoshda, kenja o’g’li 6 yoshda. Necha yildan keyin otasining yoshi bolalari yoshlari yig’indisiga teng bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |