3-Ma’ruza: Qatlamga fizik-kimyoviy ta'sirning usullari


Sirt-faol moddalari aralashmalarini qatlamga haydash



Download 227,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana31.01.2022
Hajmi227,63 Kb.
#419993
1   2   3   4
Bog'liq
13 -маъруза (2)

Sirt-faol moddalari aralashmalarini qatlamga haydash 
Sirt-molekulyar kuchlarni neft beraolishlikka salbiy ta'sirini qisman yoki to'la 
yo’qotishga qatlamda siqiluvchi faza (neft) siquvchi faza (gaz, erituvchi) bilan bir-
birini ajratuvchi chegara hosil qilmasdan aralashib (qo’shilib) ketadigan sharoit hosil 
qilish yo'li bilan erishsa bo'ladi. Ikki suyuqlik orasida ajratuvchi chegaraning 
bo'lmasligi faqatgina, qachonki ular o'zaro eruvchan va bir fazali tizimni tashkil 
qiladigan sharoitda mumkin. Neft qatlamida siqiluvchi va siquvchi fazalarning 
aralashishi deganda ma'lum harorat va bosimda har qanday miqdoriy nisbatda o'zaro 
bir-birida to'la erishi tushuniladi. Bu sharoitga asoslanib so'nggi vaqtlarda g’ovak 
muhitdan neftni siqib chiqarishning quyidagi yangi usullari ishlab chiqilgan. 
1. Neftni sugoltirilgan gaz bilan 8 MPa (80 Kgs/sm2)dan Yuqori bosim ostida sikish. 
Bu usulning mohiyati shundan iborat-ki, unda neft hududi ortidan hoshiya hosil 
qilguvchi, qandaydir miqdordagi suyuq propan (yoki boshqa suyultirilgan gaz)ni 
neft qatlamiga haydaladi undan keyin esa propanni harakatga keltiruvchi quruq gaz 
(asosan metan) haydaladi, propan esa neftni ishlatuvchi quduqlar tomonga suradi. 
Propan-metan va gaz-propan hududlarida fazalarning aralashishi oqibatida bu 
fazalarning tutashish chegaralari bo'lmaydi. Natijada, oddiy birlamchi va ikkilamchi 
usullarda neftni to'laroq qazib chiqarishga harshilik qilayotgan kapilyar kuchlar ham 
bo'lmaydi; neftni siqish darajasi ancha ortadi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun 
Yuqori bosim talab qilinmaydi. Faqat bosim darajasi shuni ta'minlashi kerak-ki 
suyuq propan qatlam nefti bilan va propan hoshiyasini siljituvchi gaz bilan to'la 
aralashsin. Propan sugoq rol’atda bo'lishi uchun neftni hoshiya bilan siqish 
hududida bosim erituvchini qatlam haroratida bug’lanish (gazga aylanish) 
bosimidan Yuqori bo'lishi lozim. 
2. Neftni 14 MPa (140 kgs/sm2)dan Yuqori bo'lgan bosimda yoqli (moyli) yuldosh 
yoki tuyintirilgan gaz bilan siqish. Usulning mohiyati shundan iborat-ki, unda neft 
qatlamiga bir qancha darajada oraliq uglevodorodlari (C2- C6) bilan to'yintirilgan - 
ko'pincha propan haydaladi. Bu uglevodorodlarning neftdagi konsentratsiyasi 


gazdagiga nisbatan past bo'lgani uchun ularni neftda erishi sodir bo'ladi. Natijada 
neft «bo'kadi» va hajmi oshadi, bundan kelib chiqib esa qatlamning neftga 
to'yinganligi ortadi. Shu davrda neftni ishlatuvchi quduqlar tomonga oqimini 
yengillatuvchi, g’ovak muhitni neft uchun nisbiy o'tkazuvchanligi ko'payadi. 
Bundan tashkari, qoldiq neftninng qovushqoqligi unda oraliq uglevodorodlari (C2- 
C6) erishi natijasida kamayadi, bu ham o'z navbatida neftni samarali qazib 
chiqarishga olib keladi. 
3- Neftni Yuqori bosimli quruq gaz bilan siqish (21 MPa dan Yuqori bo'lgan 
bosimda). Bu jarayonda siquvchi agent asosan metandan iborat bo'lgan gaz bo'ladi. 
Bu uglevodorodlar neftdan ularni hayta bug’lanishi natijasida ajralishi mumkin; 
ma'lum harorat va bosimda neft-gaz tizimi bir fazali rol’atga o'tadi. Bunday o'tish 
uchun quyidagilar zarur: birinchidan, neft tarkibida ko'p miqdorda oraliq 
komponentlar (C2- C6) bo'lishi, shuningdek neft engil bo'lishi kerak; ikkinchidan, 
siqish hududida Yuqori bosim zarur. Neftni unda aralashuvchi eritmalar bilan 
siqishda siqiluvchi va siquvchi fazalar orasidagi tutashish chegarasini yo'qotish, 
g’ovaklar devoriga yopishgan neftni kuchsizlantirish, plyonka va kapilyar - 
ushlangan neftni olishda erish va hayta bug’lanish jarayoni katta ahamiyatga ega. 
Birinchi holatda bir suyuqlik ikkinchisida erishi natijasida tutash chegaralar hosil 
bo'lishi yo’qotiladi. Shuning bilan birga erituvchi plyonkasimon neftni 
qovushqoqligini pasaytiradi bu bilan esa neftni jinsga yopishqoqligi kamaytiriladi; 
agarda neft plyonkasi butunlay yuvilmasa ham bir qancha yupqalashadi. 


Download 227,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish