3-MA’RUZA
OCHIQ KON BURG‘ILASH STANOKLARI ISHCHI ASBOBLARI, ULARNING TURLARI VA KONSTRUKSIYASI.
Ma’ruza rejasi:
Ochik konlarda portlatish skvajinalarini xosil kiluvchi burgilash stanoklarining ishchi uskunalari;
Burg‘ilash stanoklarining ishchi asbobi konstruktiv tuzilishi va ishlash prinsipi;
Burg‘ilash stanoklarining ishchi asbobi turini tanlash.
Tayanch so‘z va iboralar: Burg‘ilash stanogi ishchi asbobi, dolota, sharoshkali dolota, frezerli dolota, kesuvchi koronka, uch sharoshkalidolota, burg‘ilash shtangasi, rolik podshipnikli, qattiq qotishma, rezbali birikma.
Burg‘ilash stanoklari ishchi uskunalari
Burg‘ilash stanoklari ishchi uskunalari burg‘ilash asbobi, machta, machtani ko‘tarish va tushirish, shtangalarni saqlash va uzatish, burg‘ilash stavini echish va qotirish mexanizmlaridan tashkil topgan.
SHaroshkali stanoklar burg‘ilash asbobi burg‘ilash shtangasi va sharoshkali dolotadan tashkil topgan. SHaroshkali burg‘ilash stanoklarida uchsharoshkali dolota eng ko‘p ishlatiladi. Bir va ikki sharoshkali dolotalar chegaralangan doiralarda, ko‘p sharoshkali dolotalar esa katta diametrli (490 mm dan oshiq) skvajinalarni hosil qilishda ishlatiladi.
Uchsharoshkali doloto sharoshkalar o‘rnatiladigan bir-biriga payvandlangan uchta panjadan iborat. Panjalarning yuqori qismi kesik konus shaklida birlashtirilgan bo‘lib burg‘ilash shtangasini qotirish uchun rezьba hosil qilingan. Dolotaning sharoshkalari va panjalari 20XN3A, 12XN2, 17N3MA po‘latlariga ximiyaviy va termik ishlov berish bilan tayyorlanadi.
SHaroshkali dolotalar konstruksiyasi bo‘yicha: tishli (tishlar sharoshkaning materiali bilan bir xil); shtirli (shtir uchiga pona yoki sferik ishchi yuzalissilindrik qattiq qotishma yopishtiriladi); tishli-shtirli.ssilindrik qotishma VK88 yoki VK11V qattiq qotishmasidan tayyorlanadi.
AO “Uralburmash” zavodida ishlab chiыarilgan III244,5OK-PV-1R markali uch sharoshkali dolota tuzilishini ko‘rib chiqamiz (1-rasm).
Ushbu dolota payvandlab tutashtirilgan uchta seksiya (panja) 2, sharoshka 1 va rezьbali bog‘lovchi nippelь dan tashkil topgan. SHaroshka tayanch qismga (R-SH-R) ko‘rinishda bog‘lanadi. R-rolikpodshipnikli, SH-sharikli (zamkovыy). Sxemada rolikpodshipniklar - 6 va 8, sharikpodshipnik -7. SHaroshka tayanchga knal 5 orqali o‘tadigan fiksator yordamida maxkamlanadi. Havo markaziy kanal 4 orqali seksiya kanali 12 ga uzatiladi. Ushbu dolota sharoshkasida o‘rnatilgan tishlar shakli – yarimsferik ishchi boshchalidir. Tishlarning joylashish shakli shunday tanlanganki tishlar bir-birlarini tozalash imkoniga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |