3 ma’ruza mavzu: Seleksiya fanining asosiy yo‘nalishlari Reja Tezpisharlik bo‘yicha seleksiya ishlari Qurg‘oqchilikka chidamlilik seleksiyasi


Kasallik va zararkunandalarga chidamlilik seleksiyasi



Download 30,83 Kb.
bet3/3
Sana16.03.2022
Hajmi30,83 Kb.
#494507
1   2   3
Bog'liq
3-Maruza(1)

4. Kasallik va zararkunandalarga chidamlilik seleksiyasi. Er yuzidagi mavjud bo‘lgan barcha o‘simliklar har xil kasallik va zararkunandalardan zarar ko‘radi. Bu ularning xosildorligini keskin pasaytiradi. Ko‘pchilik ekinlarning hosildorligi eng xavfli kasallik yoppasiga tarqalgan yillarda 20-25 %, ayrim xollarda esa 50 % gacha kamayib ketadi. Ekinlarning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurash vositalari ichida seleksiya ishlari ishlari eng samaralidir. Kasallik va zararkunandalarga chidamli navlar yaratish bilan ularning zararli ta’sirini keskin, xatto sezilmas darajagacha kamaytirish mumkin.
Ekinlarning kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarini yaratish uchun mazkur kasallikni qo‘zg‘atuvchi parazitni, o‘simlikni shikastlovchi zararkunandani yaxshi bilish kerak, uning rivojlanishini, biologiyasini, xillarini, irqini va boshqa xususiyatlarini yaxshi o‘rganib olish lozim. Bug‘doyning zang, qorakuya, arpaning qorakuya va gelmintosporioz, sholining pilikulyariya, makkajuxorining qorakuya, kungaboqarning soxta unshudring, zang, kartoshkaning fitoftora, g‘o‘zaning vilt, gommoz kasalliklari va boshqalar eng xavfli kasalliklarga kiradi. SHved pashshasi, gessen pashshasi, xasva, kungaboqar kuyasi, o‘rgimchakkana va boshqalar eng xavfli zararkunandalardir.
Kasalliklarga chidamlilik bo‘yicha ish olib borilganda xar bir ekinning juda ko‘plab kasalliklari mavjudligi va shu bilan birga ko‘pchilik kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mavjudodlarning bir necha turlari va har bir turida o‘nlab, yuzlab irqlari borligini albatta xisobga olish lozim. Bundan tashqari o‘ simlik bilan kasallik qo‘zg‘atuvchi mavjudotni o‘zaro munosabati juda murakkab hodisa bo‘lib, o‘simliklarning chidamlilik xususiyati turlicha namoyon bo‘ladi, ularda to‘liq immunitetdan juda sust chidamlilikkacha bo‘lgan xolat kuzatiladi.
Immunitet deganda o‘simliklarning o‘ziga kasallik yuqtirmaslik xususiyati tushuniladi. Madaniy o‘simliklardagi immunitet ularning anatomik yoki morfologik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Seleksiyaning amaliy ishida asosan o‘simliklarning chidamliligi bilan ish yuritiladi. O‘simliklarning chidamliligi deganda ularning o‘z tanasiga kirgan va tarqalgan kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitning zararli ta’siriga qarshi kurashishi va shu tariqa hosilini sezilarli darajada kamaytirmaslik xususiyati tushuniladi.
O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi o‘sish sharoitiga qarab ancha o‘zgarsada, aslida u irsiy xususiyat bo‘lib nasldan-naslga muayyan qonuniyat bilan beriladi. SHuning uchun kasalliklarga chidamli navlar yaratishda boshlang‘ich material tanlashga ayniqsa jiddiy e’tibor berish kerak.
Seleksiya zimmasida qishloq ho‘jalik zararkunandalariga chidamli navlar chiqarishdek muxim vazifa xam turadi. Bunda birinchi navbatda , boshoqli don ekinlarining zararkunandalariga- kuzgi bug‘doyning gessen pashshasiga, arpaning shved pashshasiga chidamli, g‘o‘zaning o‘rgimchakkanaga chidamli navlarini yaratish muxim ahamiyatga ega. Bug‘doyning qandalaga, kartoshkaning kolorado qo‘ng‘iziga va kartoshka nematodasiga chidamli navlarni chiqarish ishlab chiqarish uchun eng zarurdir. Ko‘pchilik ekinlarning nav va tur xillari tarkibini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ular orasida har bir ekinning eng xavfli zararkunandalariga qarshi chidamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan nav va formalari ko‘p uchraydi. Ulardan seleksiyada foydalanish kutilgan natijani beradi.
Nazrorat savollari
1. Tezpisharlik bo‘yicha seleksiya ishlarida nimalarga axamiyat berish kerak?
2.O‘zbekistonning qaysi viloyatlaida vaqti vaqti bilan qurg‘oqchilik bo‘lib turadi?
3.Qurg‘oqchilikka chidamli navlarni etishtirib chiqarishda boshlang‘ich materiallarning qayday turlaridan foydalanilgan ma’kul?
4. YAngi navni sovuqqa chidamliligini oshirish uchun qanday ishlar olib borilishi kerak?
5.Immunitet nima degani?
Download 30,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish