Mazkur modelda boshqaruvchi qism va boshqaruv ob'ektining o‘zaro aloqasi aniq nomoyon bo‘ladi. Ular uch xil ko‘rinishdagi buyruq oladi, ya'ni: hech bir ko‘rsatmasiz bajariladigan dastur; ma'lum bir ehtimoliy voqealar sodir bo‘lgan
hollarda bajariladigan tashkiliy qoidalar; atrof–muhitning taxminiy ta'siri va tizim faoliyatining me'yoriy rejimdan chalg`ish bilan bog`liq bo‘lgan boshqaruv buyruqlari.
I(v) – tashqi muxitning statsionar shart–sharoitlari xaqidagi axborot; I(b) – tashqi ta'sirlar haqidagi axborotlar;
I(R) – boshqariladigan ob'ekt harakatlari to‘g`risidagi axborot; I(i) – boshqariladigan ob'ekt holati to‘g`risidagi axborot;
I(a) – tahliliy axborot; I(y) – hisobot axboroti;
I(q) – bashoratlash axboroti; I(k) – nazorat axboroti;
I(n) – me'yoriy axborot ; W(n) – reja axboroti; W(m) – dasturiy axborot;
W(p) – tartibga soluvchi axborot; W(o) – tashkiliy axborot.
Quyida to‘liq boshqaruv davri faoliyatining amaliy mohiyatini ko‘rib chiqamiz.
Bashoratlash - bu tashqi muhitning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatini, boshqariladigan ob'ektning o‘zini tutishini aniqlash maqsadida ma'lumotlarni qayta ishlash hamda ular har birining ehtimolligini baholashdan iborat.
Rejalashtirish – bu tizimning kelajakdagi orzu qilingan holatini ishlab chiqish (rejali modelini ishlab chiqish) va ushbu holatga erishish uchun mablag`larni taqsimlashga nisbatan qarorlar qabul qilishdan iborat. Rejalashtirish maqsad va mezonlarni tanlashni o‘z ichiga oladi. Shu maqsad va mezonga nisbatan boshqaruv samaradorligi baholanadi.
Dasturlash rejasini amalga oshirish, ya'ni tizim faoliyatining algo-ritmini ishlab chiqish uchun boshqariladigan harakatlar ketma–ketligi hamda o‘zaro aloqasini bayon etuvchi dasturlarni ishlab chiqishdan iborat.
Tashkil etish – mustahkam (bardoshli) ob'ektlar yoki jarayonlar tuzilmasini o‘zgartirishi yoki ko‘rishdan, ya'ni ma'lum bir holatlarida bosh- qariladigan ob'ektlar faoliyatini reglamentlashtirishda foydalanila-digan u yoki bu qoida, protsedura, usul, algoritmlarini belgilash yoki o‘zgartirish demakdir.
Me'yorlashtirish - tizimning xususiyatlarini ifodalovchi statistik ma'lumotlarni doimiy ravishda yig`ish va ular asosida tizimning bir me'yorda faoliyat ko‘rsatishini ta'minlab turish.
Hisobga olish boshqariladigan ob'ekt va tashqi muhit parametrlari majmuini qayd etishdan iborat. U yana keladigan ma'lumotlarni dastlab qayta
ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash va hokazo arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Nazorat qilish – boshqariladigan ob'ektlarning me'yorida ishlashidan chalg`ishi to‘g`risidagi ma'lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat.
OperBoshqarish – tasodifiy ta'sirlar sababli tizim ishining me'yoriy rejasidan chetlashishini bartaraf etish maqsadida qaror qabul qilish, ya'ni qayta aloqa asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor o‘lchovlari o‘zgarishiga ko‘ra boshqariluvchi ob'ektga ta'sir ko‘rsatishidir.
Tahlil – tizimning joriy holatini o‘rganishda ish samaradorligini oshirish uchun uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat.
Shunday qilib, boshqaruv shakl nuqtai-nazaridan axborot jarayonini ifodalaydi. Boshqaruv mohiyati esa boshqaruv tizimidagi olingan barcha axborotni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda boshqariladigan ta'sir ko‘rinishida boshqaruv ob'ektlariga natijaviy axborotlarni berishdan iborat.
Boshqarish tizimi kishilarning moddiy dunyoda biron bir jarayonni tashkil etish sohasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faoliyatdir. Boshqarish tizimi ishlashi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:
Boshqarish ob'ektlarining mavjudligi.
Mazkur ob'ekt faoliyatining maqsadi ma'lum bo‘lishi.
Boshqarish tizimi mustaqil harakat qilishi uchun muayyan xuquqlarga ega bo‘lishi.
Boshqaruvchi ob'ektning boshqariluvchi ob'ekt xaqida mufassal ma'lumotlarga ega bo‘lishi.