MBda barcha kerakli ma`lumotlarni saqlash imkoniyati. MB qaralayotgan masalaga ta`sirini ko`rsatadigan barcha ma`lumotlarni saqlashi lozim. Loyihalash jarayonining dastlabki qadami MBga joylashtirilishi lozim bo`lgan barcha atributlarni aniqlashtirib olish hisoblanadi. Loyihalashtirilivchi atributlar aniqlashtirilib olinganidan so`ng, qancha munosabatlar kerakligi va qaysi atributlar qaysi munosabatlarga kiritilishi hal qilinadi.
Ma`lumotlarning ortiqchaligini yo`qotish. Bu maqsadning ma`nosi, «ma`lumotlarning takrorlanishi» va «ma`lumotlarning ortiqcha takrorlanishi» orasidagi farq aniqlansa tushunarliroq bo`ladi. Misol uchun 4.1-rasmda keltirilgan munosabatlarni ko`rib o`taylik. Bunda A variantda O-KB munosabati ON (o`qituvchi nomeri) va KBF (kafedra boshlig`i familiyası) bo`lgan ikki atributdan iborat. Munosabatda har-bir o`qituvchining to`g`ridan-to`g`ri boshlig`ini ko`rsatuvchi ma`lumotlar saqlangan.
Rasmdan ko`rinib turganidek, kafedra boshliqlari familiyalar munosabatida bir-necha marta takrorlanmoqda. Lekin bu munosabatda familiya takrorlanishi ortiqcha bo`lib sanalmaydi. Aksincha takrorlanishlar bartaraf etiladigan bo`lsa (4.1. b), natijada axborot yo`qotiladi (56 va 75 nomerli o`qituvchilarning kafedra boshliqlari aniq bo`lmay qoladi).
O-KB
ON
|
KBF
|
25
|
Uteuliev
|
55
|
Babajanov
|
56
|
Babajanov
|
75
|
Uteuliev
|
A
|
O-KB
ON
|
KBF
|
25
|
Uteuliev
|
55
|
Babajanov
|
56
|
—
|
75
|
—
|
B
|
4.1-rasm. Ortiqcha bo`lmagan takrorlanuvchi ma`lumotlar
4.2 rasmda ma`lumotlarning ortiqcha takrorlanishi va bu ortiqchalikni yo`qotishga misol keltirilgan. O-KB-T munosabati yuqoridagi O-KB munosabatiga o`xshash bo`lib, qo`shimcha kafedra boshlig`ining telefon nomerini ko`rsatuvchi qo`shimcha TN atributigi ega.
O-KB-T
ON
|
KBF
|
TN
|
25
|
Uteuliev
|
1350391
|
55
|
Babajanov
|
7270727
|
56
|
Babajanov
|
7270727
|
75
|
Uteuliev
|
1350391
|
|
O-KB-T
ON
|
KBF
|
TN
|
25
|
Uteuliev
|
1350391
|
55
|
Babajanov
|
7270727
|
56
|
Babajanov
|
—
|
75
|
Uteuliev
|
—
|
|
A
|
b
|
O-KB
ON
|
KBF
|
25
|
Uteuliev
|
55
|
Babajanov
|
56
|
Babajanov
|
75
|
Uteuliev
|
|
KB-T
KBF
|
TN
|
Uteuliev
|
1350391
|
Babajanov
|
7270727
|
|
v
|
4.2-rasm. Ortiqcha takrorlanuvchi ma`lumotlar va ularni yo`qotish
Keltirilgan dastlabki munosabatda Uteuliev va Babajanovlarning telefon nomerlari bir martadan ko`p takrorlanib, bu telefon nomerlari haqida takrorlanuvchi axborot ortiqcha bo`lib sanaladi. Ortiqchalikning sababi shunda, agar Uteulievning telefoni yozilgan bir axborotni o`chirib tashlasak, bu axborotni munosabatning boshqa kortejidan olishga bo`ladi. 4.2,b-rasmdan Uteuliev va Babajanovlarning telefon nomerlari keyingi ikki yozuv olib tashlangan bilan yo`qolmadi, sababi ularni munosabatning boshqa kortejidan topishga bo`ladi.
Ortiqchalikni bunday turda yo`qotishning xato ekanligini ikki sabab bilan ko`rsatishga bo`ladi. Birinchidan MBda bo`sh maydonlar bo`lishi dasturlashtirishda bo`sh maydonlarning qiymatlarini aniqlovchi qo`shimcha algoritmlar foydalanishga olib keladi. Ikkinchidan 4.2, b-rasmda keltirilgan munosabat axborotlarni o`chirish aniq muammoga olib keladigan strukturaga ega. Agarda ON=25 nomerli o`qituvchi kafedradan ishdan chiqib ketsa, unda <25, Uteuliev, 1350391> korteji munosabatdan o`chiriladi. Natijada Uteulievning telefon nomeri haqida axborot yo`qoltiladi. Sababi munosabatda bu axborot boshqa yozuvlarda ko`rsatilmagan.
Telefon nomerlari bo`yicha axborot ortiqchaliklarini yo`qotish uchun O-KB-T munosabatni 4.2,v-rasmda ko`rsatilgandek O-KB va KB-T munosabatlariga ajıratiladi. Bu usulda ON=25 nomerli o`qituvchi O-KB munosabatdan o`chirilgani bilan, Uteulievga tegishli telefon nomeri haqidagi axborot yo`qoltilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |