1. Atash semalari
narsa, belgi, harakat, miqdor kabi tushunchalarni nomlaydigan
semalardir. Masalan,
ruchka, qalam, bo`r, flomaster
kabi leksemalar uchun
“yozish va chizish quroli “ semasi atash semasi bo`lib hisoblanadi.
2. Ifoda semalari
atashdan tashqari tushunchaga munosabatni ifodalaydigan
semalardir. Masalan,
lab-
leksemasidagi “betaraflik” semasi,
dudoq
leksemasidagi “kitobiylik” semasi ifoda semalariga misol bo`la oladi.
3. Vazifa semalari
leksemalarning gapda qanday vazifa bajarishini, ya‟ni qanday
leksemalar bilan birika olishini belgilaydigan semalardir. Masalan,
Bola kitob
o`qidi
gapidagi leksemalarni tahlil qilib ko`ramiz.
Bola-
leksemasi sememasida
shu gap ichida “harakatni bajaruvchi” semasi bor, shuning uchun bu leksema ega
bo`lib kelgan.
Kitob-
leksemasida “harakat o`tgan narsa” degan sema mavjud,
shuning uchun u to`ldiruvchi bo`lib kelgan.
O`qi-
leksemasida esa “bajarilgan
harakat” degan sema bor, shuning uchun u kesim vazifasida kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |