3-MA’RUZA. LEKSEMANING SEMANTIK TARKIBI.
LEKSIK MA’NO TARAQQIYOTI VA SEMIK TAHLIL
Rеjа:
1.Sema va uning turlari.
2. Konnotativ sema.
3. Monosemantik va polisemantik so‘zlar.
4. Emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlik, uslubiy ma’no.
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar: sema, monosemantik so‘zlar, polisemantik so‘zlar, konnotativ sema, lug‘aviy ma’no, emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlik, uslubiy ma’no.
Sema va uning turlari. Semalar ma’no xususiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Atash semalari (denotativ semalar)
2. Ifoda, tasvir, qo‘shimcha ma’no semalari (konnotativ semalar)
3. Vazifa semalari (funksional semalar)
Atash semalari- semema tarkibidagi nomlash, atash semalariga oid. Ular ot, sifat, son, fe’l turkumidagi barcha leksmalarning leksik ma’nolarida bor. Shuning uchun ular ideografik semalar deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |