4. Gidrostatik bosim kuchining qiya sirtiga ta’siri. Bosim markazi
Suyuqlik bilan to`ldirilgan idishni olaylik. Uning gorizonti bilan burchak tashkil etgan qiya sirtda yuzaga tushadigan bosimni aniqlaymiz.
Oy – o’qini shunday yo`naltiraylik, u AB figuramiz yo`nalishi bo`yicha Ox o`qini unga tik yo`nalishda deb qabul qilaylik. Bu holda sirtdagi kichkina d sirtgacha bo`lgan bosim kuchi quyidagicha aniqlanadi:
5-rasm.Bosim markazi.
Bu yerda h - suyuqlik ustunining bosimi
p0 - erkin sirtdagi bosim
- yuzaga ta'sir qilayotgan to`la bosim kuchi
Shu bilan birga og`irlik, gidrostatik bosim kuchi
Demak, qiya yuzaga tushadigan bosim kuchi shu yuza sirti bilan uning og`irlik markaziga ta'sir qiluvchi bosimning ko`paytmasiga teng, gidrostatik bosim
va og`irlik bosim kuchi yig`indisiga teng bo`ladi.
5. Bosim epyurasi
Biror sirt yoki kontur bo`yicha bosimning taqsimlanishini ifodalovchi grafik usuli bosim epyurasi deb aytiladi.
Gidrostatikaning asosiy tenglamasiga asosan ya'ni sirtning eng pastki nuqtasida bosim eng katta miqdorga ega bo`ladi.
Demak, gidrostatik bosimning chuqurlik bo`yicha o`zgarishi chiziqli qonunga bo`ysinadi. Shu sababli tekis sirtga ta'sir etayotgan gidrostatik bosim ikkita nuqtaga ega bo`lishi kifoyadir.
Vertikal tekis sirtga ta'sir qilayotgan absolyut va og`irlik bosim epyurasini qurishni ko’raylik(1.12.1-rasm).
6-rasm.Bosim epyurasi
AB tekis vertikal devorga suyuqlik bosimi ta'sir qilyapti deylik, suyuqlikning chuqurligi H bo’lsin koordinataning boshlanishi O nuqta bo`lsin. Gorizontal tekislik bo`yicha vertikal o`qi bo`yicha chuqurlik h ni masshtab bo`yicha qiymatlarni qo’ysak va birinchi nuqtani suyuqlikning yuqori sathidan belgilasak, ya'ni h=0 va pabs = p0, ikkinchi nuqtani eng pastki nuqtasi qo`ysak, natijada trapetsiya shaklida OabB absolyut bosim epyurasini hosil qilamiz.
Endi tekis sirtimiz AB vertikal bo`lmagan qiyalangan bo`lsa, u vaqtda gidrostatik bosim epyurasi quyidagicha qurilishi lozim. Koordinataning boshlanishi xuddi yuqorida ko`rganimizdek O nuqtadan boshlanadi, ya'ni qiyalangan vertikal sirtimiz AB bilan suyuqlikning yuqori sathi, bosim o`qi esa gidrostatik bosim yo`nalishi qiyalangan tekis sirt ABga normal yo`nalgan.
Yuqoridagilarga asosan gidrostatikaning asosiy tenglamasi quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi, ya'ni, u vaqtda
Demak, va . U vaqtda l=0 va h=0 absolyut gidrostatik bosim quyidagi qiymatga ega bo`ladi. l=L bo`lsa,
Og`irlik gidrostatik bosimimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |