3-Ma’ruza: Bulutli hisoblashlar ekotizimi ishlab chiqish tamoyillari - 3-Ma’ruza: Bulutli hisoblashlar ekotizimi ishlab chiqish tamoyillari
- Reja:
- Ma‘lumotlarni bulutli qayta ishlash texnologiyasi, Bulutli hisoblarning ekotizimi,
- Bulutli hisoblarni amalga oshirish tamoyillari
- Google-drive xarakteristikasi va imkoniyatlari
- Ma‘lumotlarni bulutli qayta ishlash texnologiyasi, Bulutli hisoblarning ekotizimi
- Bulutli hisoblashlar konsepsiyasini qo‘llash ssenariylaridan foydalanilganda, qo‘llanadigan texnologiyalarda, qiyin va muammoli masalalarda, hamda tadrijiy rivojlanish davomida ommaviy va tijorat sektorlarida faol muhokama jarayonida aniqlashtiriladigan va asoslanadigan afzalliklarda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, taʻrif, xossalar, xarakteristikalar va ularning muvofiqligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib rivojlanib boradi, shu boisdan bulutli hisoblashlar ekotizimi (bulutli ekotizim) deb ataluvchi tushunchaga murojaat qilish maqsadga muvofiq, zero oxirgi paytlarda bu keltirilgan ko‘rinishga ega bo‘lishga ulgurgan.
- Bulutli ekotizim – bu birga ishlaydigan va bulutli xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi bir biri bilan o‘zaro bog‘liq komponentlarning murakkab tizimini tavsiflash uchun qo‘llanadigan atama. ITU ning maqsadli guruhlari (FG Cloud TR, Part 1:Introduction to the cloud ecosystem: definitions, taxonomies, usecases and high-level requirements)) ning tavsiyalariga ko‘ra, ekotizimni shakllantiruvchi bir necha ishtirokchilar mavjud:
Cloud service user (CSU): bulut xizmatidan foydalanuvchilar; - Cloud service user (CSU): bulut xizmatidan foydalanuvchilar;
- Cloud service provider (CSP): bulut xizmatini taqdim etuvchilar;
- Cloud service partner (CSN): bulutli xizmat hamkorlari.
- Foydalanuvchini o‘zini oraliqdagi foydalanuvchilar qatoriga qo‘shishi mumkin, ular bulut xizmatini taʻminlovchilar (CSP) tomonidan ko‘rsatiladigan bulutli servis oxirgi foydalanuvchilari uchun bulutli xizmatlarni amalga oshiradilar. Oxirgi foydalanuvchilar jumlasiga shaxslar, mashinalar yoki ilovalar kiradi. Bulut xizmatini taqdim etuvchilar – bulutda xizmat ko‘rsatadigan va doimiy yetkazadigan tashkilot. Xizmat ko‘rsatishdagi hamkor: bulutli servis provayderining xizmatlarini ko‘rsatish jaryonini qo‘llab turuvchi shaxs yoki tashkilot (masalan, xizmatlar integratsiyasi). Bulutli ekotizimning ana shu ishtirokchilari aks ettirilgan.
3.1- rasm. Bulutli ekotizimdagi ishtirokchilarning roli.
Do'stlaringiz bilan baham: |