Avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari
Yangi sanoat obyektlarini qurish va mavjud korxonalarni
qayta qurish loyiha asosida
amalga oshiriladi. Loyiha texnikaviy hujjatlaming kompleksidan iborat bo‗lib, bularga obyektni
qurish yoki qayta qurish zaruriyatini prinsipial tarzda asoslovchi yozuvlar, nostandart
uskunalarni tayyorlash uchun lozim bo‗lgan, shuningdek, hamma
turdagi qurilish-montaj va
sozlash ishlarini amalga oshirish uchun kerak boigan hisoblashlar va chizmalar kiradi.
Qurilayotgan obyektning murakkabligiga qarab, loyiha ma‘lum qismlardan iborat boiadi.
Loyihada texnika - iqtisodiy, texnologik,
qurilish, santexnika, elektr, avtomatika kabi qismlar
bo‗lishi mumkin. Avtomatlashtirish loyihasining bir bo‗limi bo‗lgan texnologik jarayonlarni
nazorat qilish va avtomatik rostlash hamda boshqarish qismini shu
sohaga ixtisoslashtirilgan
tashkilot yoki texnologik loyihalash institutining avtomatlashtirish bo‗limi (guruhi) amalga
oshiradi. Bu loyiha texnologik jarayonlarning ratsional ishlashini va uskunalar ishidagi
xavfsizlikni ta‘minlovchi nazorat-o‗lchov asboblarini, rostlagichlar, avtomatika va signalizatsiya
qurilmalarini, loyihalashtirilayotgan obyektda ishlatiladigan texnikaviy hujjatlarni o‗z ichiga
oladi.
Loyihalashni bajarishda loyihaning texnologik qismini
tuzuvchi tashkilot va yoki
buyurtmachi bergan topshiriq asos bo‗lib xizmat qiladi. Ayrim vaqtlarda topshiriqni tuzishda
avtomatlashtirish loyihasini bajaruvchi tashkilot ham jalb etiladi. Loyihalash topshiriqlariga
quyidagilar kiradi:
a) loyihalashtirilayotgan obyektning tarkibi, texnologik
jarayonning qisqacha bayoni,
qurilma va uskunalarning harakteristikasi;
b) atrof muhitning tavsifi ko‗rsatilgan holda, nazorat qilinadigan va rostlanadigan
kattaliklarning natijasi;
c) nazorat qilish va rostlashda ruxsat etilgan xatolar va asboblarning funksional belgilari
(ko‗rsatish, yozish,
integrallash, signalizatsiya va boshqalar).
Nazorat, avtomatik rostlash va boshqarish tizim larini loyihalash maxsus ko‗rsatmalarga
muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari (SAD-tizimlar). Bu tizimlar oyiha va
konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishga mo‗ljallangan. Ular mashinasozlik, asbobsozlik va
arxitеkturada qo‗llaniladi. Chizma-grafik ishlardan tashqari bu tizimlar
oddiy hisoblashlarni
(Masalan, dеtallar chidamliligini) bajaradi va kеng ko‗lamdagi ma'lumotlar bazalaridan tayyor
konstruktiv elеmеntlarni tanlaydi.
SAD-tizimlarning yana muhim xususiyati shundan iboratki, u loyihalashning hamma
bosqichlarida,loyihani tеxnik shartlar, qoida va mеyorlar bilan avtomatik tarzda ta'minlaydi, bu
esa arxitеktor va konstruktorlarni ijodiy xaraktеrga ega bo‗lmagan ishlardan ozod qiladi.
Masalan, mashinasozlik SAD-tizimlari
umumiy chizma asosida, avtomatik tarzda alohida
dеtallarning ishchi chizmasini va kеrakli tеxnik xujjatlarni tayyorlaydi.
Nazorat savollari
1.Operatsion tizim nima?
2.Texnik ta‘minot deganda nimani tushunasiz?
3.Dasturiy ta‘minot deganda nimani tushunasiz?
4.Fayl nima? Katalog nima va ular qanday tashkil qilinadi?
5.Qanday buyruqlarni bilasiz?
6.Qanday fayl kengaytma nomlarini bilasiz?
7.Drayver nima? Va u nima vazifalarni bajaradi?