tadbirlarni korxona ma‟muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo‟mitasi bilan
birgalikda ishlab chiqadi.
Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko‟p yillik
rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida
erishgan yutuqlari hamda korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi.
Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik yo‟llari bo‟yicha
muhandis
zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona tsexlari, bo‟limlari,
bo‟linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag‟ni va moddiy
ta‟minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga
ilova qilinadigan rejaga
kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar
nomidan kasaba uyushmasi qo‟mitasi bilan tuzadi. Jamoa shartnomasiga kiritilgan
mehnat muhofazasiga dior tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan mablag‟lar ishlatib
bo‟linganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib,
unga korxona kasaba
uyushmasi qo‟mitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo chekadilar.
Korxonalardagi uch bosqichli nazorat.
Mehnat muhofazasini boshqarish tizimidan uch pog‟onali ma‟muriy –
jamoa nazorati korxona, tashkilot, muassasa ma‟muriyati
va kasaba
uyushmasining asosiy nazorati shaklidir. Bunda mulkchilik shaklidan ham qat‟iy
nazar, ish o‟rinlarida, ishlab chiqarish bo‟limlarida, tsexlarda mehnat sharoitlari va
xavfsizligi nazorat qilinadi, barcha xizmatlar, lavozim
egalari va ishlovchilar
mehnat muhofazasi haqidagi qonunlarga, standartlarga,
qoidalarga ,
me‟yorlar, yo‟riqnomalar va boshqa me‟yoriy
texnik xujjatlarga qanday rioya qilayotganlari tekshiriladi.
Uch pog‟onali nazorat rahbarlar va muhandis-texnik xodimlarning
lavozim vazifalarini ma‟muriy nazorat etishni hamda jamoatchilik nazoratini
yo‟qqa chiqarmaydi.
Mehnat muhofazasini holatini uch pog‟onali
nazorati ishlab
chiqarishning xususiyati, korxonani strukturasi va uning bo‟linmalari
masshtabiga bog‟liq hamda, quyidagicha o‟tkaziladi:
birinchi pog‟ona: bo‟limda smena davomida yoki brigadada (bundan buyon:
bo‟limda deyiladi);
ikkinchi pog‟ona: sexda, ishlab chiqarishda yoki korxona bo‟limida (bundan
buyon: sexda);
uchinchi pog‟ona: butun korxonada.
Ishlab chiqarish bo‟limlarini uch pog‟onaning qaysi biriga tenglashtirish
masalasini korxona ma‟muriyati kasaba uyushmasi qo‟mitasi bilan birga hal qiladi.
Uch pog‟onali nazoratga korxona rahbari va kasaba uyushmasi qo‟mitasi
raisi rahbarlik qiladi.
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me‟yoriy
hujjatlar
buzilishida aybdor bo‟lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari
vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar O‟zbekiston
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda
Do'stlaringiz bilan baham: