3. Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati


Marketing muhitidagi muloqotlar



Download 39,16 Kb.
bet7/7
Sana23.01.2022
Hajmi39,16 Kb.
#405758
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 MAVZU

6.6. Marketing muhitidagi muloqotlar

Muloqotdagi jamoa (auditoriya) – tashkilot bilan bevosita aloqada bo’ladigan insonlar guruhi demakdir. Tashkilotning o’z maqsadlari sari yo’naltirilgan faoliyatida, u uch turdagi jamoaga duch keladi: ishtiyoqli, axtarilayotgan va ishtiyoqsiz jamoalar. Ishtiyoqli jamoalar – firma uchun manfaatli bo’lgan insonlar guruhi, tashkilotlardir. Masalan, tayinli fond uchun xayriya qiluvchi inosnlar guruhi. Axtarilayotgan jamoatashkilot o’z maqsadlarini jamoa maqmadlari bilan bohlashga urinayotgan insonlar guruhidir. Odatda mahalliy aholi, ommaviy axborot vositalari ushbu turkumga kiradilar. Ishtiyoqsiz guruhlar esa, firma maqsadlari va intilishlarini salbiy va manfaatsiz deb hisoblaydigan insonlar guruhi va tashkilolardan tarkib topgan. Tegishli tashkilot ular bilan hamkolikni istamaydi, lekin Ushbu guruh talablarini inobatga olish, ular haraktaini kuzatish lozim bo’ladi. Masalan, atrof-muhit va xaridorlar (iste’molchilar) manfaatlarini himoyalovyai guruhlar harakatlari bilan tashkilot bevosita aloqada bo’ladi.

Muloqotdagi jamoani yana o’zgacha tarzda turkumlash mumkin. Xususan, faoliyat yo’nalishiga ko’ra jamoani quyidagicha turkumlash keng tarqalgan: moliyaviy doiralar, ommaviy axborot vosiatalari vakillari, davlat muassasalari, fuqvrolik va mahalliy jamoa vakillari, keng omma, ichki muloqotdagi jamoa. Tashkilot faoliyatini umumiy jihatdan olib qaraydigan bo’lsak, u ushbu yuqorida sanalgan jamoa vakillarining ishtiyoqlari, talablari bilan bevosita to’qnashadi, tayinli kelishuvlarga, qarorlarga keladi.

Masalan, har bir tashkilot moliyaviy doira vakillari bo’lmish bank, suhurta muassasalari, brokerlik firmalari, aksionerlar bilan muloqotda bo’ladi. Chunki tashkilotning moliyaviy holati, aksiyalari kursi Yangi loyihalari yuzasidan beo’osita mulohaza va muloqot vujudga keladi. Mahalli jamoa va fuqarolik jamoalari bir-biridan farqlanadi. Mahalliy jamoa – tayinli firma joylashgan manzilgohdagi aholi hisoblanadi. Bu jihat, ayniqsa, transmilliy korporasiyalar faoliyatida yaqqol ko’rinadi. Masalan, IBM korporasiyasining Gonkogdagi bo’limi joylashgan manzildagi mahalliy aholining munosabati.

Fuqarolik jamoalari jumlasiga iste’molchilar himoyasi jamiyatlari, turli yo’nalishlarda tuzilgan harakatlar, fondlar hamda kam sonli millat vakillari himoyasi va  hokazolar kiradi. Bu jamoa tashkilot bilan bandlik, ish o’rinlarini tashkil etish, tovarlarni sinash va boshqa bir qator yo’nalishdagi sohalarda muloqotda bo’ladi.

Fuqarolik jamoalari harakati amaliyotda ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyatiga aloqadorligini yaqqol sezish mumkin. Xususan, matbuotda diskriminasiya, irqiy cheklashlar, ayollar mehnati, atrof tabiiy muhit himoyasi, ijtimoiy adolat va boshqa turkumlardagi axborot va xabarlar aksariyat miqdorni tashkil etadi. Bu esa, o’z navbatida, firmalarning fuqarolik jamoalari bilan o’ta ehtiyotkor va e’tiborli munosabatlarda bo’lishlarini talab qiladi.

Ichki muloqot guruhiga bevosita tashkilot tarkibida amal qilayotgan rasmiy va norasmiy guruhlarni kiritish mumkin. Masalan, kasaba uyushmasi, direktorlar kengashi vakillari, boshqaruvchilar, ishlayotgan bolali ayollar va xokazolar. Ichki muloqotdagi jamoa manfaatlari va talablarini o’rganish korporasiya madaniyati va turmush tarzining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Marketing makromuxiti omillari ko’lami  keng bo’lib, ularni bir necha turkum komponentlarga ajratish mumkin.

Demografik komponent omillariga eng avvalo tashkilot faoliyat yuritayotgan mamlakat aholisining tarkibi, geografik joylashuvi, tarixi, yoshi bo’yicha tarkibi, Irqi, etnik va diniy e’tiqodi, oila bunyod etishi, migrasiyasi va boshqa shu kabi demografik ahamiyatga molik o’zgarishlar kiradi. Izlanishning boshlang’ich nuqtasi sifatida dunyo va mamlakat aholisining tabiiy o’sishi, aholi tarkibidagi o’zgarishlar olinadi.

Aholi tabiiy o’sishi turli mamlakatlarda turlicha bo’lib, axolii yoshi tarkibiga bevosita ta’sir o’tkazadi. Bu esa kup miqdorda bo’lgan aholi qatlami  ehtiyojlarini va talablarini qondirish vazifasini vujudga keltiradi.

Dunyo bo’yicha demografik ahamiyatga ega bo’lgan tendensiyalar quyidagilardir:

¨     sanoati rivojlangan mamlakatlarda tuhilish sur’atining pastligi;

¨     aholining yosh qatlami bo’yicha o’zgarishlarning intensivligi va turli-tumanligi;

¨     oila tarkibi va tuzilishidagi o’zgarishlar;

¨     yuqori ma’lumotlilik va mashhurlikdagi o’zgarishlar;

¨     aholining etnik qatlamlaridagi siljishlar va hk.

Aholi tabiiy o’sishi natijalarida xar ming kishiga to’g’ri keluvchi yangi tuhilganlar soni bilan o’lchanadi.

Bevosita O’zbekistonda aholi tarkibida bolalar sonining  ko’pligi, Yangi oilalar vujudga kelishining ortib borishi oqibatida yuqorida qayd etilgan turkumdagi talabning o’ta sezilarli bo’lganligini kuzatish mumkin. Xususan, bolalar kiyim –kechaklari, poyabzallari, o’qish anjomlariga bo’lgan talab xozirgi paytgacha xam to’liq qondirilmagan. Bolalar poyabzali, kiyim-kechagi ishlab chiqaruvchi maxalliy tashkilotlarga davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlarga qaramay, xali Ushbu talabni qondirish uchun boshqa mamlakatlardan ko’plab shu turdagi mahsulotlar kelitirilmoqda.

Iqtisodiyot omillari tarkibiga yalpi milliy daromad, narxlarning yalpi o’zgarishi, turmush darajasi, iste’mol qobiliyati va bashqa shu kabi mamlakatdagi xaridorlik saloxiyatini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar va ularning o’zgarishi kiradi.

Tabiiy iqlim sharoiti omillari xususida suz borganda avvalo moddiy resurslarni tejash, atrof tabiiy muxitini saqlash bo’yicha harakatlarning ildam tus olishini ta’kidlash lozim. Tashkilotlarning turli qadoqlash vositalarida mahsulot ishlab chiqarishlari, individual iste’mol uchun ko’proq qadoqlangan mahsulotlar ko’lamining ortishi, atrof muxitni turli chiqindilardan (polietilen, polipropilen, alyuminiy, shisha idishlar, plastmassa idishlar) saqlash vazifasini ham vujudga keltirdi. Mavjud va foydalanilayotgan suv, havo va yer sifatini saqlab qolish uchun qat’iy cheklashlar va majburiyatlarni ishlab chiqishni talab etdi.



 
Download 39,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish