Uskunaning ishlash muddati. Bu uskunaning mexanik-iqtisodiy ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi. Lizing shartnomasi uskunaning, ijara beruvchining shartlarini hisobga olgan holda muddatidan oshmasligi kerak. Bitim muddati qonun orqali cheklanishi mumkin.
Uskunaning amortizatsiya muddati. Bu hukumat organlari tomonidan belgilanadi. Moliyaviy lizingda shartnoma muddati, odatda, amortizatsiya muddati bilan mos keladi.
Ancha unumdorlik yoki arzon o‘xshash bitimlarning paydo bo‘lish sikli. Bu omillarni hisobga olish, asosan, qisqa muddatlarda ishlab chiqaradigan mahsulotni yangilashtiradigan sohalarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |