3-LABORATORIYA MASHG‘ULOT Mavzu: INTUIT MASOFAVIY TA’LIM PLATFORMASINI O‘RGANISH va TAHLIL QILISH Laboratoriya mashgulot maqsadi: Intuit masofaviy ta’lim platformasini o‘rganish.
Kerakli jihozlar. Kompyuter, internet.tarmog‘i va Intuit masofaviy ta’lim platformasi.
Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo‘linib, mavzu bo‘yicha Intuit masofaviy ta’lim platformasi yordamida dars jarayonini olib borishadi.
Qisqacha nazariy ma’lumot
Nodavlat xususiy muassasa “ milliy ochilgan dorilfunun – “INTUIT “ – bu dunyo miqyosidagi tarmoqlarda masofadan turib o‘qitishni imkonini beruvchi elektron institutlardan biridir.
Saytda matematikaga, fizikaga, kompyuter va axborot texnologiyalariga va boshqa fanlarga oid bir qancha o‘quv kurslarini ochiq va bepul tarzda olish mumkin. Intuit yetakchi oliy o‘quv yurtlari va telestudiyalarning leksiya va videokurslarini o‘z ichiga oladi.
Loyiha taniqli professor va olimlarning bir qancha ming soatlab ma’ruza va leksiyalarini o‘z ichiga oladi. Intuitdan Rossiya federatsiyasi va boshqa mamlakatlarning 500 dan ortiq oliygohlarida keng foydalaniladi. Intuit bir necha bor mintaqaviy va umummilliy konkurslarda hamda milliy “runet” mukofoti bilan taqdirlangan.
Tarixi 2012-yil 31-yanvarda oliy ta’lim dasturlarining birinchi to‘plami e’lon qilingan.
2011-yil 6-dekabrda oliy ta’limning maorif faoliyatini xuquqiy boshqarish bo‘yicha dasturi qabul qilingan.
2011-yil 25-mayda maorifga oid faoliyat va dasturlar bo‘yicha muddatsiz litsenziya olindi.
2010-yil 10-oktyabrda qo‘shimcha ta’lim va maorif faoliyatini boshqarish bo‘yicha litsenziya olindi.
2010-yil 15-aprelda Intel kompaniyasining birinchi kurslari paydo bo‘ldi.
Intuit dan quyidagicha ro‘yxatdan o‘tiladi:
Quyida intuitdagi masofaviy ta’lim jarayoni kursni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat ko‘rsatilgan:
Foydalanuvchilarga INTUITdagi masofaviy ta’lim jarayoni kursni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat beriladi.
Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash SWOT -tahlili S-kuchli tomoni
W-kuchsiz tomoni
O-Imkoniyatlari
T-xavf-xatar
SWOT-tahlilidan foydalanishjarayonida talaba mavjud holatni tahlil qiladi va baholaydi. Tahlil va sintez qilish yo`li bilan biror mantiqiy qaror qabul qilishga o`rganadi
1-bosqich
SWOT-tahlili jadvalini tuzish qoidasi bilan tanishadi
2-bosqich
Juftlikda yoki kichik guruhlar ichida jadval to`ldirish
-Muammoli ta’lim asosida talabalar bilimlarni faol o‘zlashtiradilar
-mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi
-mavzuning mohiyatini chuqurroq tushunishga yordam beradi
1. Talabalar o‘z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
2. Intuit masofaviy ta’lim platformasi va undan foydalanishni o‘rganishni
amalda bajarish.
Nazorat uchun Intuit masofaviy ta’lim platformasi haqida tushunchangiz.
Intuit masofaviy ta’lim platformasida qanday loyihalar amalga oshiriladi?
Intuit masofaviy ta’lim platformasidan foydalanish tartibi.
Siz Intuit masofaviy ta’lim platformasidan foydalanganmisiz?
Intuit masofaviy ta’lim platformasida o‘qib qanday sertifikatga ega bo‘lgansiz?
Intuit masofaviy ta’lim platformasining afzalliklari va kamchiligi haqida gapirib bering.