Barcha materiallarning siqilish diagrammalari keltirilishi kerak.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek po‘lat (plastik material), cho‘yan (mo‘rt material) va yog‘och (anizotrop material)ni siqilishga sinab, ularnings iqilishdagi mustahkamlik chegarasini aniqlash asosiy maqsadimiz. Namunalarni siqilishga sinab tajriba o‘tkazishni har qanday kuch o‘lchag‘ich va diagramma chizg‘ich qurilmasi bor mexanik yoki gidravlik usulda ishlaydigan sinov mashinasida o‘tkazish mumkin. Institutimizda gidravlik usulda ishlaydigan R-05 UXL 42 rusumli siqilishga tajriba o‘tkazadigan sinov mashinasi mavjud.
Po‘latdan va cho‘yandan tayyorlangan namunalarni PSU-50 rusumli gidravlik usulda ishlaydigan tajriba o‘tkazish mashinasida siqib tajriba o‘tkazamiz. Bu mashinaning yuklash quvvati 500 kN ga tengdir. Ishqalanish kuchlarining tajriba natijasiga bo‘lgan ta’srini kamaytirish uchun namuna asoslari moylanadi va mashinaga qo‘yib siqiladi.
Namunalarni sinash mashinasida siqish statik ravishda amalga oshiriladi va namunada birinchi buzilishi alomati paydo bo‘lguncha kuch oshirib boriladi. Namunada birinchi emirilish alomati paydo bo‘lishiga mos kelgan kuchga emiruvchi (chegaraviy) kuch deyiladi. Bunda biz cho‘yan va yog‘och namunada yorilish alomatini kuzatamiz va unga mos kuch miqdorini mashinaning kuch o‘lchag‘ich qurilmasidan bilib olamiz.
Bunda po‘lat namuna emirilmaydi va unda biz emirilish alomatlarini ko‘rmaymiz. Po‘lat namuna yog‘och bochkasimon ko‘rinishda enini kattalashtirishni davom ettiraveradi.
Shuning uchun, po‘lat namuna uchun siqilishdagi emiriluvchi kuch (chegaraviy) cho‘zilishdagi emiriluvchi (chegaraviy) kuchga teng deb qabul qilinadi, ya’ni mustahkamlik chegarasidagi kuch . Unda po‘lat namunaning mustahkamlik chegarasidagi kuchlanish (siqilishda):
gatengbo‘ladi.
P o‘lat namuna siqilgan sayin uning mustahkamligi ortib boraveradi. Po‘lat namunaning siqilishdagi diagrammasi 5-rasmda keltirilgan. Bu diagrammadagi proporsionallik, oquvchanlik va mustahkamlik chegarasi cho‘zilishdagi proporsionallik, oquvchanlik va mustahkamlik chegarasidagi kuchlarga to‘g‘ri keladi.
Mo‘rt material hisoblangan cho‘yanning siqilish va cho‘zilish diagrammasi 5-rasmda keltirilgan. Mo‘rt material siqilishida yoki cho‘zilishida birinchi emirilish belgisi paydo bo‘lgan holga to‘g‘ri kelgan kuchga emiruvchi (chegaraviy) kuch deyiladi. Bu kuchga moskelgan kuchlanishga mustahkamlik chegarasi deyiladi.
Cho‘yan uchun mustahkamlik chegarasiga mos kelgan kuchni sinov mashinasining kuch o‘lchagich qurilmasidananiqlaymiz. Ular quyidagichadir:
cho‘yan siqilganda uning emirilishining birinchi alomati paydo bo‘lgandagi kuch miqdori:
Cho‘yan namunaning siqilishda emirilish paytidagi kuchlanish, ya’ni mustahkamlik chegarasidagi kuchlanishi:
A nizatrop material hisoblangan yog‘och odatda ham tolalari bo‘ylab, ham tolalariga ko‘ndalang yo‘nalishda siqilishga sinab mustahkamlik chegarasiga mos kelgan kuchlanishlar aniqlanadi. 8-rasmda qarag‘ay yog‘ochining ikki yo‘nalishdagi siqilish diagrammasi keltirilgan.
Yaxshi qurigan qarag‘ay mo‘rt materialga o‘xshab qoldiq deformatsiya kam bo‘lgan holda 450 burchak ostida (5-rasm, a) emiriladi (1-diagramma), unga mos kelgan emiruvchi kuch ga teng. Ko‘ndalang yo‘nalishda siqilganda nisbatan kichik nagruzkada ham balandligi tezda qisqarib boradi. 2-diagramma dastavval to‘g‘ri chiziq bo‘lib, so‘ngra nagruzka ma’lum miqdorga etganda o‘sishdan deyarli to‘xtaydi, deformatsiya esa ortib boradi. Ruxsat etilgan chegaraviy emiruvchi kuch Pnnagruzka diagrammanining to‘g‘ri chiziqli zonasida olinadi. Ko‘ndalang deformatsiyalangan namuna 5-rasm, da ko‘rsatilgan. Bizda bukuch ga teng.
Demak, yog‘ochning mustahkamlik chegarasi tolalari bo‘ylab:
Tolalariga ko‘ndalang yo‘nalishdagi mustahkamlik chegarasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |