UB ulanish sxemasidagi BTni statik VAXlarini tadqiq etish.
Grafik ko‘rinishda ifodalangan tok va kuchlanish orasidagi bog‘liqlik tranzistor statik xarakteristikalari deb ataladi. Umumiy baza ulanish sxemasida mustaqil o‘zgaruvchilar sifatida emitter toki va kollektor – baza kuchlanishi tanlanadi, shunda:
(12.1)
Ikki o‘zgaruvchili funktsiya grafik ko‘rinishda xarakteristikalar oilasi kabi tasvirlanadi.
MT statik xarakteristikalarini tadqiq etish.
Zatvordagi kuchlanish UZI yordamida stok toki IC ni boshqarish stok – zatvor xarakteristikasidan aniqlanadi. Bu xarakteristika tranzistorning uzatish xarakteristikasi deb ham ataladi. 13.1- a-rasmda USI=const bo‘lgandagi stok zatvor xarakteristikalar oilasi IS =f (UZI) keltirilgan.
Stok – zatvor xarakteristikadan ko‘rinib turibdiki, UZI=0 bo‘lganda tranzistor orqali maksimal tok oqib o‘tadi. UZI qiymati ortishi bilan kanal kesimi tusha boshlaydi va ma’lum UZI.BERK. qiymatga yetganda nolga teng bo‘lib qoladi va stok toki IS deyarli nolga teng bo‘lib qoladi. Tranzistor berkiladi. USI ortishi bilan xarakteristika tikkalasha boradi, bu holat kanal uzunligining uncha katta bo‘lmagan kamayishi bilan tushuntiriladi. Stok – zatvor xarakteristika tenglamasi quyidagi qo‘rinishga ega bo‘ladi:
. (13.1)
13.1- b–rasmda maydoniy tranzistorning chiqish (stok) xarakteris-tikalari keltirilgan. Stok xarakteristika - bu ma’lum UZI =const qiymatlaridagi IS =f (USI) bog‘liqlik. USI ortishi bilan IS deyarli to‘g‘ri chiziqli o‘zgaradi (tekis o‘zgarish rejimi) va USI= USI.TO‘Y. qiymatiga yetganda (b nuqta) IS ortishi to‘xtaydi.
13.5-rasm
3.2. Stok kuchlanishining USI=1/3 USI.ChEG va 2/3 USI.ChEG qiymatlari uchun ikkita boshqaruv xarakteristikasini o‘lchang (USI.ChEG qiymati pasport ko‘rsatmalaridan olinadi). O‘lchash natijalarini 13.1 – jadvalga kiriting va undan foydalanib boshqaruv xarakteristikasini quring. Tajribada UZI kuchlanish qiymatini 0 dan bo‘sag‘aviy kuchlanish UBO‘S gacha o‘zgartiring.
3.3. Zatvordagi kuchlanishning uchta qiymatida (UZI=0; 0,25UBO‘S; 0,5UBO‘S) chiqish xarakteristikalar oilasi IS=f(USI) ni o‘lchang.
Tajriba o‘tkazishdan avval IS – USI koordinatalar tizimida tranzistorning ruxsat etilgan ishchi rejimi sohalarini belgilab oling. (13.6 - rasm)
13.1 – jadval
UZI, V
|
IS, mA
|
USI=1/3 USI.ChEG
|
USI=2/3 USI.ChEG
|
|
|
|
Izoh: RS.ChEG chizig‘ini qurish uchun USI kuchlanishining 0 dan USI.ChEG qiymatlari oralig‘ida ixtiyoriy bir nechta qiymatlari tanlanadi va shu nuqtalarda stok toki IS=RS.ChEG /USI hisoblanadi.
Tajribada olingan nuqtalarni 13.2 – jadvalga kiriting va tayyorlangan grafikda ularni belgilang (13.6 - rasm). Bunda tranzistor uchun ishlash ruxsat etilgan sohadan chiqib ketmaslikka e’tibor bering.
13.6-rasm
13.2 – jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |