3-laboratoriya ishi sof tug‘ma elementlar laboratoriya ishining maqsadi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana13.05.2022
Hajmi0,57 Mb.
#603018
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 (1)

Uglerod guruhi minerallari 
Bu guruhga olmos va grafit kiradi. Ular bir-birlaridan fizik xususiyatlari 
bilan keskin farq qiladi. 
Olmos - S.
Nomi grekcha - "adamas" yengilmas degan ma`noni anglatadi. 
U tabiatda o`ta qattiqligi va turli shakli: oktaedr, rombododekaedr va kub
qiyofalarida mavjud (4-rasm). Olmosning oddiy ko`z bilan payqamaydigan 
xillaridan tortib, to yuz va ming karatli (1 karat - 0,2 g) va undan ham yirik 
kristallari uchraydi. Dunyodagi eng yirik olmos kristali - 3106 karatli 
"kullinan", 1905 yilda J.Afrikada topilgan (21-jadval). 
Olmosning rangi, shaffofligi turlicha: rangsiz, shaffof, oq, havorang
yashil, sarg`ish, jigarrang, qizg`ish, to`q kulrang, ba`zan qora. 
21-jadval
Dunyodagi yirik olmos kristallari haqida ma`lumotlar (V.A.Milashev bo`yicha) 
Yirik olmos nomi 
Og`irligi
(karat hisobida) 
Topilgan joyi va yili 
Kullinan 
3106 
J.Afrika, 1905 
Eksselsior 
971,5 
J.Afrika, 1983 
Syerra Leone yulduzi 
968,9 
G`.Afrika, 1972 
Buyuk Mogol 
787 
Hindiston XVII asr 
Prezident Vargas 
726,6 
Braziliya, 1938 
Nizomii 
440 
Hindiston, 1935 
Viktoriya 
428,5 
J.Afrika, 1880 
Toji-Maxal 
146 
Hindiston 
Shoh Akbar 
119 
Hindiston, 1918 
Olmosning rangi, shaffofligi turlicha: rangsiz, shaffof, oq, havorang, 
yashil, sarg`ish, jigarrang, qizg`ish, to`q kulrang, ba`zan qora. Olmosning ichki 
tuzilishi uning hosil bo`lish sharoiti haqida qo`shimcha ma`lumot beradi. 
Masalan, yuqori haroratda yuzaga kelgan olmos - oktaedr qiyofasida, rangsiz 
bo`ladi, 
haroratning 
asta-sekin 
pasayishi 
natijasida 
uning 
shakli 
rombododekaedrdan kub shakliga qarab o`zgaradi va rangi quyuqlashib qora 
bo`ladi. Olmosning qattiqligi 10. Mutloq qattiqligi kvars qattiqligidan ming 


marta, korund qattiqligidan 150 marta ortiq. Olmos mo`rt bo`lib, ulanish 
tekisligi (III) bo`yicha o`rtacha mukammal. Solishtirma og`irligi - 3,4-3,5, 
kuchsiz elektr o`tkazuvchan. Tabiatda olmosning o`ta sifatli, chiroyli xillari 
bilan birga yomon xillari uchraydi:
1) Bort shaklsiz, darzliklardan tashkil topgan, mayda qo`shimtalarga boy.
2) Ballas - shulasimon, sharsimon mayda zarrali turi.
3) Karbonado - zich kristalli, qora rangli ba`zan mayin, g`ovak donali 
agregatlardan iborat.
3.3-rasm. Olmos. 
Olmosning tub konlari genetik jihatdan alpinotipli-o`ta asosiy jinslar-dunit, 
kimber-lit va peridotitli magmatik jinslar bilan uzviy bog`liq. Dunyodagi eng 
yirik konlari kimberlitli magmaning yer yuziga yaqinlashgandagi kuchli 
portlashi natijasida sodir bo`ladi (J.Afrika, Tanzaniya, Zoir, Angola, Botsvana 
va boshqalar). Bularda olmos, olivin, xromshpinelid, xromdiopsid, pirop, 
ilmenitlar bilan birga uchraydi va ular olmos uchun mansub mineral 
hisoblanib, olmos to`g`risida qo`shimcha habar beradi. E`tiborli tomoni 
kimberlitlardagi eklogit ksenolitlardagi olmosning uchrashi, olmos 
kristallariga qo`shilib ketgan minerallardan granat, xromga to`yingan piroksen 
(enstatit), olivinlar olmos konini izlashda darakchi hisoblanadi. 
Laboratoriya usulida olingan eksperimentlarning natijasiga binoan olmos 
konlari yuqori mantiyaning 100-200 km chuqurlikda yuqori bosim 5-9 KB, 
kuchli harorat 1470-1970
o
da kimberlitli va eklogitli magmalarning 
kristallanishidan hosil bo`ladi. Bulardan tashqari ayrim olmos donalari 
serpentinitlashgan garsburgitlarda va lersolitlarda (Rossiyaning Karyak 
tog`larida hamda Kamchatkadagi dunit-piroksen formatsiyalarida aniqlangan. 
Hozirgi vaqtda laboratoriya usulida sun`iy olmos olish bo`yicha yaxshi 
natijalarga erishilmoqda.
1953 yili shved mutaxassislari birinchi marta sun`iy olmosni 
laboratoriyada 3270oli haroratda va 10 KB bosimda olishga muvofiq 
bo`lishgan. Keyingi yillarda ko`p mamlakatlar sun`iy olmos olishni 


tezlashtirdi va oqibatda olmos olish uchun harorat 1470-1770o atrofidaligi 
aniqlandi. Sun`iy olmos olishda grafit ishlatilmasdan oddiy ko`mirdan 
foydalanishgan. Olmosning aksariyat qismi cho`kindi - sochma jinslardan 
ajratib olinadi - Zoir, Angola, Syerra Leoneda mamlakatlari misolida. Dunyo 
bo`yicha qazib olinadigan olmosning 75-95% sochma konlar hisobidan 
olinmoqda. Olmosning mutloq shaffof xili qimmatbaho - brilliantlar 
tayyorlashda ishlatiladi. Texnik maqsadlarda esa olmosning mayda xillari va 
sifati zaiflari ishlatib kelinmoqda. 
Tabiatda oltingugurtning birnecha polimorf modifikatsiyasi ma`lum. 
Bulardan biri rombik tuzilishga ega ?- oltingugurt sof holda uchraydi. Uni 
oddiy sharoitda 96,5
o
dan yuqoriroq haroratda qizitilsa, unda u monoklinal 
singoniyali ?- oltingugurtga aylanadi, sovitilsa, avvalgi hollariga keladi. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish