3-laboratoriya ishi doira kеsimli stеrjеnni buralishga sinash ishdan maqsad



Download 410,5 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2022
Hajmi410,5 Kb.
#692877
  1   2   3   4
Bog'liq
Laboratoriya-3


3-LABORATORIYA ISHI
DOIRA KЕSIMLI STЕRJЕNNI BURALISHGA SINASH


Ishdan maqsad: Namunaning buralishdagi mustahkamlik chegarasi va buralish deformatsiyasidan yemirilish tasnifini aniqlash.
Keрakli asbob-uskunalar: KM-50-1, WP-500 sinov mashinasi, shtangentsirkul, chizg’ich.


Nazariy ma’lumotlar
Brus buralishganda uning ko‘ndalang kesim yuzalarida faqat birgina ichki zo’riqish kuchi- burovchi moment Mb hosil bo‘ladi.
Doira kesim yuzali brus buralganida uning uzunligi va hajmi o‘zgarmaydi. Deformatsiyagacha tekis bo‘lgan brus ko‘ndalang kesimi yuzasi deformatsiyadan keyin ham tekisligicha qoladi. Faqat bir kesim ikkinchisiga nisbatan biror burchakka buriladi. Demak, buralishda brus sof siljish defomatsiyasiga qarshilik ko’rsatadi. Burovchi moment (Mb) bilan buralish burchagi ( ) orasida quyidagicha bog‘lanish mavjud:
(3.1) bu yerda: Mb-burovchi moment, -Brus uzunligi G-siljish moduli,
ko‘ndalang kesimning qutb inersiya momenti.
Buralishda hosil bo‘ladigan urinma kuchlanish quyidagi formuladan topiladi
(3.2) bu yerda: doiraviy kesim radiusi bo‘yicha ixtiyoriy masofa da eng katta kuchlanish hosil bo‘ladi va u quyidagicha aniqlanadi
, (3.3) budan: - ko‘ndalang kesim yuzining qutb qarshilik momenti.
Doiraviy kesimli brus ko‘ndalang va bo‘ylama kesimlarida burovchi moment ta’siridan faqat urinma kuchlanishlar hosil bo‘ladi. Brus bo‘ylama o‘qi bilan 450 burchak tashkil qiluvchi tekislikda faqat normal (bosh) kuchlanishlar ta’sir etadi.
Silindrik namuna buralishida uning uzunligi va ko‘ndalang kesim o’lchamlari o‘zgarmaydi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin: Buralishda bo‘ylama va ko‘ndalang chiziqli nisbiy deformatsiyalar mavjud bo‘lmaydi. Buralishda deformatsiyalanish holatining asosiy xarakteristikasi nisbiy siljish burchagidir ( ).
U quyidagicha aniqlanadi: ,(3.4) bu yerda: nisbiy buralish burchagi.
Buralishda chiziqli deformatsiyalar bo‘lmaganligi uchun brusning barcha nuqtalarida tekis kuchlanish holati, sof siljish sifatida sodir bo‘ladi.
U holda, sof siljishda bosh kuchlanishlar miqdor jihatidan urinma kuchlanishlarga tengdir, ya’ni
(3.5) Demak, namunaning yemirilishi buralishda hosil bo‘ladigan siljish deformatsiyasi hisobiga bajariladi.
Bunda doiraviy kesimli namuna ta’sir qilayotgan burovchi moment Mb bilan uning buralish burchagi orasidagi bog‘lanish kam uglerodli po‘latlar uchun, xuddi cho‘zilish diagrammasidek, Tajribaning boshlanish qismidagina bo‘ladi (3.1a- rasm). Burovchi momentning miqdori ma’lum qiymatga yetgandan so‘ng uning o‘sishi keskin kamayib, deformatsiya jadal ravishda ortib boradi. Bu holatda (o‘tkazilgan tajribada) bo‘yincha hosil bo‘lmaydi, shuning uchun burovchi moment Mb ning miqdori namuna yemirilgunicha ortib boradi. Yemirilish ko‘ndalang kesim bo‘yicha bo‘ladi. Mo’rt materiallarda esa burovchi moment bilan deformatsiya orasidagi chiziqli bog‘lanish bo‘lmaydi (3.1 b,v - rasm).
Burovchi moment Mb va buralish burchagi lardan iborat koordinata sistemasiga buralish diagrammasi quriladi.

3.1 - rasm. Buralish diagrammalari a) po‘lat; b) cho‘yan; v) yog‘och

Buralishdagi shartli mustahkamlik chegarasi (3.3) ga asosan aniqlangan quyidagi fomulalardan foydalanib topiladi:


po‘lat namuna uchun ,(3.6) mo’rt (cho‘yan, yog‘och va hokazo) materiallar uchun
,(3.7) bu yerda: - maksimal burovchi moment, - namuna ko‘ndalang kesimining plastik qarshilik momenti, - qutb qarshilik momenti.
Namunaning yemirilish xarakteriga qarab material turini aniqlash mumkin. Agar Materialning siljishga qaрshiligi kam bo‘lsa, sinish eng katta urinma kuchlanish ta’sir etuvchi yuzada, ya’ni ko‘ndalang kesim bo‘yicha sodir bo‘ladi. Bunday yemirilish plastik materiallarga xosdir. Mo’rt materiallarning buralishdagi yemirilishi 45o burchak ostida vintsimon yuza bo‘yicha yoрiq hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi. Yog‘och materiallarda esa qo‘shimcha bo‘ylama yoriqlar ham hosil bo‘ladi.


3.2 - rasm. Buralishga sinaladigan namuna.


Namuna, o’lchov asboblari va sinov mashinasi. Tajribani o‘tkazishda amaldagi standart bo‘yicha doiraviy kesimli silindrik namunalardan foydalaniladi (3.2-rasm). Sinov KM-50-1 mashinasida o‘tkaziladi. Bu mashinaning umumiy ko‘rinishi 3.3-rasmda ko’rsatilgan.


3.3 – rasm. KM-50-1 sinov mashinasining umumiy ko‘рinishi
Namuna materiali St3 rusumli po’lat

3.4 – расм. Namunaning sinovgacha ko’rinishi.

3.5 – расм. Namuna sinovdan keyingi ko’rinishi



Download 410,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish