3-LABORATORIYA ISHI (6 soat)
MAVZU: Metallarning kislotali eritmalaridagi korroziyasi. Ingibitorlarining
himoyalash xossalari
Reja:
1. Metallarning kislotali eritmalaridagi korroziyasi. Ingibitorlarining himoyalash
xossalari
2. Kislota korroziyasi ingibitorlarining saqlash xossalari
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Metallarning kislotali eritmalaridagi
korroziyasi. Ingibitorlarining himoyalash xossalari bo‘yicha bilimlarni kengaytirish
va chuqurlashtirish.
O‘quv faoliyatining natijalari: Metallarning kislotali eritmalaridagi korroziyasi.
Ingibitorlarining himoyalash xossalari mavzusini tushunib oladilar
Metallarning kislotali eritmalaridagi korroziyasi. Ingibitorlarining
himoyalash xossalari
Kerakli jihozlar:
60
0
temperaturada ishlatishga moslangan termostat;
kattaligi
20x50x2mm keladigan va ilmoqqa ilish uchun teshigi bor uchta po‘lat plastinka; 150-
200ml qopqoqli uchta stakan, stakan qopqog‘iga plastinkalar ilib qo‘yish uchun shisha
ilmoqlar qilingan bo‘ladi; 100 ml li o‘lchov silindiri;
shisha tayoqchalar; soat oynasi.
Kerakli reaktivlar:
Kimiyoviy toza HCl ning 4n eritmasi; urotropin
(geksametilentetramin); tarkibida 30 g/l jelatina bo‘ladigan gidrozol ; spirt; atseton.
Tajriba:
Uchta stakanning har qaysisiga 4n HCl dan 80-100 mldan quyiladi .
birinchi stakanga 1 gr urotropin , ikkinchisiga- 2 gr jelatina qo‘shiladi, uchinchisiga
hech narsa qo‘shmay, kontrol uchun qoldiriladi. Stakanlardagi
eritmalar shisha
tayyoqcha yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Shundan keyin stakanlar termostatga
qo‘yiladi. Stakanlardagi eritmalar temperaturasi 60O ga etgandan keyin, stakan
qopqog‘idagi ilmoqqa po‘lat plastinka ilinib, stakanga tushuriladi. Po‘lat plastinka
ilgariroq jilvir qog‘oz bilan yaltiratib tozalangan, atseton yoki spirtda ho‘llangan
paxta bian artilgan va analitik tarozida tortilgan bo‘ladi. Uch soatdan keyin
plastinkalar ( iloji boricha baravariga ) eritmadan
chiqarib olinadi , suv bilan yuviladi,
spirt bilan ho‘llab ishqalanadi, quritiladi va analitik tarozida tortiladi.
Tajribadan olingan ma’lumotlar jadvalga yoziladi.
Tajriba sharoiti
Plastinkaning og‘irligi
Plastinka
og‘irligining
qancha
kamaygani,
g hisobida
Plastinka
sathi, sm
2
hisobida
Erish
tezligi,
g/sm
2
soat
Tajribadan
oldingi, g
hisobida
Tajribadan
keyingi, g
hisobida
Toza kislota
Urotropin
qo‘shilgan kislota
Jelatina qo‘shilgan
kislota
Tajriban chiqqan ma’lumotlardan foydalanib, ingibitorlarning saqlovchi ta’siri
hamda tormozlovchi effekti tormozlash koeffitsienti tenglamalar yordamida hisoblab
topiladi.
Metallar korroziyasi ingibitorlari
Metallarni korroziyadan saqlash uchun elektrolitlar eritmasiga ko‘pincha oz miqdor
boshqa moddalar qo‘shiladi, bunday moddalar metallarning erish tezligini keskin
suratda kamaytiradi. Bu xil moddalarni korroziya ingibitorlari deb atash odat qilindi.
Hozirgi paytda juda yaxshi ta’sir
etuvchi korroziya ingibitorlari
ma’lum, ular yordamida metallar
kislotalarda erishdan ko‘p hollarda
amalda to‘la saqlanib qolinishi
mumkin.
Ingibitorlar qo‘shilganda
reaksiya
juda sekinlashuviga sabab shuki, ingibitor zarralari metal sirtida adsorbilanib saqlovchi
parda hosil qiladi, bu hol metallning eritmaga o‘tishini qiyinlashtiradi. Metalning
tabiatiga, uning tuzilishiga, shuningdek, ingibitorlarning
tabiatiga qarab,
ingibitorlarning metal erishini sekinlatish ta’siri ham har xil bo‘ladi.
Ingibitorlarning effektiv ta’siri turlicha ifodalanadi va ko‘pincha saqlash ta’sirining
qiymati (Z) bilan xarakterlanib, protsent hisobida ifoda etiladi.
0
0
100%
P
P
P
−
Ζ =
∗
P
0
– metallning
toza kislotada erish tezligi;