50000$*(11200/11250)*(1+(9/12*23/100))=58364.4$ Javob:58364.4$
Endi xorijiy valyutaning AQSH dollarida qo`yilgan omonatni hisoblaymiz.
50000$*(1+9/12*5/100)=51875$ Javob:51875$
5-mavzu. Foiz riski
1-savol. Foiz riskiga berilgan tarifni toping.
A) Foiz riski – bu foiz stavkalarining noqulay tebranishlari tufayli yuzaga keladigan foyda uchun risk bo‘lib, bu tebranishlar foizlarni to‘lashga xarajatlar ortishiga yoki qo‘yilmalardan daromadlar va kreditlar berishdan tushumlar kamayishiga olib keladi.
B) Foiz riski – bu foiz stavkalarining noqulay tebranishlari tufayli yuzaga keladigan foyda uchun risk bo‘lib, bu tebranishlar foizlarni to‘lashga xarajatlar ortishiga yoki qo‘yilmalardan daromadlar va kreditlar berishdan tushumlar ko`payishiga olib keladi.
C) Ko`zlangan foiz normativlari bo`yicha daromad olinmaydi.
D) Ko`zlangan foiz normativlar bo`yicha daromad olinadi.
2-savol. Foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar:
A) valyuta riski, bozor riski, inflyatsiya riski
B) davlat siyosati, pul massasi, kelgusi infilyatsiyaga nisbatan kutilishlar
C) moliyaviy majburiyatlar likvidliligi, soliqqa tortish, pul massasi
D) valyuta riski, pul massasi, moliyaviy majburiyatlar likvidliligi
3-savol. O`zgaruvchan foiz stavkasi bo`yicha masalani hisoblang.
Tovarning narxi 20% ga, keyin yana 10% ga
kamaydi. Tovarning narxi boshlang‘ich narxga nisbatan necha foizga
kamaygan? Pasayish foizlari r1 = 20% va r2 = 10% ga teng bo‘lgani uchun,
pasayish indeksi i1 = 0,2 va i2 = 0,1 ni tashkil qiladi. (1-0.2)(1-0.1)=0.72 Tovar eski narxining 72% tashkil etadi, shuning uchun tovar narxi 100%-72%=28% ga kamaygan. Javob:28%
6-mavzu. Inflyatsiya riski
1-savol. Inflatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ............................... natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir. Jumlani to`ldiring.
A) ortib ketishi B) kamayib ketishi C) tog`ri javob keltirilmagan D) A,B
2-savol. Inflatsiya riski - bu
A) inflatsiyaning kamayishi natijasida olinadigan pul shaklidagi daromadlarning qadrsizlanishidir.
B) inflatsiyaning o‘sishi natijasida olinadigan pul shaklidagi daromadlarning qadrsizlanishidir.
C) to`gri javob yo`q
D) inflatsiyaning o‘sishi natijasida olinadigan pul shaklidagi daromadlarning qadrlanishidir
3-savol. Inflatsiya riskini baholashda ikkita tushunchadan foydalaniladi. Ularning nomlari tog`ri keltirilgan qatorni aniqlang.
A) inflatsiya korispendiyasi,inflatsiya indeksi
B) inflatsiya darajasi, inflatsiya indeksi
C) inflatsiya indeksi, inflatsiya korispendiyasi
D) to`g`ri javob keltirilmagan
4-savol. Mol go`shti narxi yil boshida 65000 so`mni tashkil etar edi. Yil oxiriga kelib mol g`oshti narxi 72000 so`mni tashkil etmoqda. Inflatsiya indeksi va inflatsiya darajasiga qo`yib masalani ishlang.
Ishlash: Inflatsiya darajasi=(72000-65000)/65000*100%=10,7692%
Do'stlaringiz bilan baham: |