O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti, Tarix fakulteti, Tarix va ekskursiya - o’lkashunoslik ishi yo’nalishi 3-bosqich talabasi Hamroyeva Sitoraning Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Faoliyat xavfsizligini nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari, ularning faoliyat ko’rsatish sohalarini, huquq va majburiyatlarini o’rganish
Toshkent - 2022
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism:
1.Hayot faoliyati xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo’yicha texnik xodimlarning javobgarligi
2.Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag’ bilan ta’minlash
3.Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o’qitish tizimi. III.Xulosa
Kirish. Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar
O`zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar
Mehnat muhofazasi bo`yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
2. “Sanoatkontexnazorat” agentligi.
3. O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiologiya nazorati.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong’indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
5. O`zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo`yicha me`yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigiyenasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o`z texnik inspektoriga ega.
“Sanoatkontexnazorat” agentligi bug’ qozonlarining to`g’ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo`qotish, tsexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
Davlat yong’in nazorati yong’inga qarshi tadbirlarni, ut o`chirish vositalarining holatini, yong’in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
Barcha ishlab chiqarish korxonalarida uch pog’onali nazorat amalga oshiriladi.
I pog’ona – har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikda tsexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko`radilar.
II pog’ona – har hafta tsex boshlig’i katta jamoatchi nazoratchi bilan birgalikda tsexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko`radi.
III pog’ona – oyda bir marta korxona bosh muhandisi mehnat muhofazasi muhandisi bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bo`yicha korxonada qaror chiqariladi.
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |