3. Natriy karbonat yoki boshqa ishqoriy metallarning eruvchan karbonatlari suyultirilgan kislotalar, NH4OH va (NH4)2CO3 da eriydigan pushti rangli asosli tuz - (CoOH)2CO3 cho'kmasi hosil qiladi, bu cho'kma havo kislorodi ta'siridan asta-sekin oksidlanib, qora-qo'ng'ir rangli Co(OH)3 ga aylanadi:
2Co2+ + 3CO32- + 2H2O → (CoOH)2CO3↓ + 2HCO3-
2(CoOH)2CO3 + O2 + 4H2O → 4Co(OH)3↓ + 2CO2↑
Oksidlanish jarayoni kuchli oksidlovchilar ta'siridan tezlashadi. Kobalt oksikarbonat qizdirilganda ham oksidlanib Co(OH)3 ga aylanadi.
4. Natriy gidrofosfat — Na2HPO4 kislotalarda (CH3COOH da ham) eriydigan binafsha rangli cho'kma - Co3(PO4)2ni hosil qiladi:
3CoCl2 + 2Na2HPO4 → Co3(PO4)2↓ + 4NaCl + 2HC1
3Co2+ + 4HPO42- → Co3(PO4)2↓ + 2H2PO4-
Co3(PO4)2 + 6NaOH → 3Co(OH)2↓+ 2Na3PO4
Со3(РО4)2 + 6ОН- → 3Co(OH)2↓ + 2РО43-
Cho'kma ishqorlar ta'sirida pushti rangli Co(OH)2 ga aylanadi, ammiak ta'sirida esa sarg'ish rangli kompleks ion hosil qilib eriydi:
Co3(PO4)2+18NH3→3[Co(NH3)6]2++2PO43-
5. Ammoniy rodanid — NH4SCN Co2+ ion bilan ko'k rangli (NH4)2[Co(SCN)] tarkibli kompleks birikmani hosil qiladi:
Co2+ + 4SCN- → [Co(SCN)4]2-
Bu birikma rangining intensivligi past bo'lganligidan eritmaga biroz amil (yoki izoamil) spirti qo'shib chayqatilsa, ekstraksiya natijasida kompleks birikma shu erituvchi qatlamiga o'tib, uni ko'k rangga kiritadi.
Reaksiyani bajarishda probirkaga 2-3 tomchi kobalt tuzi eritmasi solib, unga shpatelning uchida NH4SCN kristallaridan bir nechtasini yoki uning konsentrlangan eritmasini qo'shib, aralashma yaxshilab chayqatiladi. Bunda kobaltning ko'k rangli [Co(SCN)]+, [Co(SCN)2], [Co(SCN)3]- va [Co(SCN)4]2- kompleks ionlari hosil bo'ladi. Ko'k rang sezilarli bo'lmasa, probirkaga eritma hajmidan 3-4 marta kam amil (izoamil) spirti qo'shib chayqatiladi va spirt qatlamining ko'k rangi kuzatiladi.
Mazkur reaksiyani gazetaning yozuvsiz joyidan bajarish (tarkibida lignin borligi uchun) yanada yaxshi natija beradi. Buning uchun qog'oz qirqimiga oldin ammoniy rodanid va ammoniy ftorid shimdirilib, quritiladi. Qog'ozga kobalt tuzi eritmasining bir tomchisi tomizilsa, tomchi tushgan joy ko'karadi. Agar kobaltga temir (III) ioni aralashgan bo'lsa, hosil bo'lgan [Fe(SCN)6]3- ning qo'ng'ir-qizil rangi qog'ozga shimdirilgan ftorid ta'siridan [FeF6]3- yuzaga kelib, ko'k rangga kiradi. Kobalt (II) ionning ammoniy rodanid bilan hosil qiladigan birikmasini quruq reaksiya shaklida o'tkazish mumkin. Buning uchun kobalt tuzi kristallaridan bir nechtasi ammoniy rodanid kristallari bilan hovonchada ishqalansa, ko'k rang paydo bo'lganini ko'ramiz. Agar bunda aralashma qo'ng'ir tusga kirsa, kobalt tuziga Fe3+ aralashgan bo'ladi. Bu holda kukunga bir necha dona Na2S2O3 kristallari solib ishqalansa, qo'ng'ir rang temir (III) ning qaytarilib, temir (II) ga aylangani uchun yo'qoladi.
6. l-Nitrozo-2-naftol (Ilinskiy reaktivi) - C10H6(NO)(OH) kobalt (II) ni kobalt (III) gacha oksidlab, qizil-qo'ng'ir rangli kompleks birikma [C 10H6(NO)O]3Co cho'kmasi hosil qiladi:
Reaksiyani bajarishda 2-3 tomchi kobalt (II) tuzining neytral yoki kuchsiz kislotali eritmasiga (kuchli kislotali eritmalarga CH3COONa qo'shish tavsiya etiladi) bir necha tomchi suv qo'shib suyultiriladi va 2-3 tomchi reaktiv qo'shib qizdiriladi. Eritmada Fe3+ ionning bo'lishi reaksiyaga xalaqit beradi, chunki u reaktiv bilan to'q qo'ng'ir cho'kma hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |