6. Dimetilglioksim (Chugayev reaktivi) temir (II) ionidan suvda eriydigan qizil rangli ichki kompleks birikma hosil qiladi. Reaksiya ammiakli muhitda o'tkazilishi kerak. Temir (II) ioni oson oksidlangani uchun unga ko'pincha temir (III) ioni aralashgan bo'ladi. Shu bois dimetilglioksim yordamida temir (II) ionini topish uchun qo'shiladigan ammiak ta'siridan Fe(OH)3hosil bo'lishining oldini olish kerak, buning uchun aralashmaga temir (III) ionini kompleks birikma shaklida niqoblaydigan vino kislota eritmasi qo'shiladi. Dimetilglioksim nikel ioni bilan ham qizil-pushti rangli cho'kma hosil qilganligi uchun bu reaksiyani eritmada nikel mutlaqo ishtirok etmaganda o'tkazish lozim. Agar eritmada nikel bo'lsa, oldin uni eritmadan yo'qotish kerak.
Reaksiyani bajarish uchun 1-2 tomchi temir (II) tuzi eritmasiga bir tomchi vino kislotasi eritmasi, 2-3 tomchi ammiak eritmasi va dimetilglioksimning spirtdagi eritmasidan 2-3 tomchi qo'shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |