7. Kaliy yoki natriy nitrit (KN02 yoki NaNO2) biroz suyultirilgan va CH3COOH qo'shib kislotali muhitga keltirilgan kobalt (II) tuzi eritmasi bilan sariq rangli ↓K3[Co(NO2)6] kompleks birikma cho'kmasi hosil qiladi:
Co2+ +7NO2- + 3K+ +2CH3COOH → K3[Co(NO2)6] ↓+ ↑NO + +2CH3COO- +H2O
Bu reaksiya Co2+ ionini Ni2+ iondan farqlashga imkon beradi va ularni bir-biridan ajratishda qo'llanishi mumkin. Bunday cho'kma suyultirilgan eritmalar qizdirilganda va uzoq turib qolganda yuzaga keladi.
3.9. Nikel kationining reaksiyalar
Nikel tuzlarining suyultirilgan eritmalari va kristallgidratlari yashil rangli bo'ladi. Bu rang akvakompleks ion - [Ni(H2O)6]2+ ning hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi. Nikel ioni ham cho'ktirish reaksiyalaridan tashqari komplekslanish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |