6. Ammoniy sulfid Mn(II) ioni bilan ta'sirlashganda kislotalarda eriydigan sarg'ish-jigarrang MnS cho'kma hosil bo'ladi:
MnSO4 + (NH4)2S → MnS↓ + (NH4)2SO4
Reaksiyani bajarish. Marganets tuzining 2-3 tomchiga shuncha miqdorda reaktiv qo'shiladi.
3.7. Rux kationining reaksiyalari
Rux tuzlari rangsiz bo'lib, ularga amfoterlik, cho'kmalar va komplekslar hosil qilish reaksiyalari xosdir.
1. O'yuvchi ishqorlar va rux tuzlari ta'sirlashuvidan kislotalar va ishqorlarda eriydigan (amfoterlik tufayli) iviqsimon Zn(OH)2 cho'kma hosil bo'ladi:
ZnCl2 + 2KOH → Zn(OH)2↓ + 2KCl
Zn2+ + 2OH- → Zn(OH)2↓
Zn(OH)2 + 2HC1 → Zn2++ 2C1- + 2 H2O
Zn(OH)2 + 2NaOH →2Na+ + ZnO22- + 2H2O
Sinkat ion alyuminat iondan farqli ravishda ammoniy xlorid yoki nitrat ta'siridan Zn(OH)2 cho'kmasi hosil qilmasdan, eritmada [Zn(NH3)4]2+ yoki [Zn(NH3)6]2+ kompleks ion shaklida qoladi:
ZnO22- +4NH4Cl -→ [Zn(NH3)]2+ + 2H2O + 4C1-
Reaksiyani bajarish uchun rux tuzi eritmasining 2-3 tomchisiga ishqor eritmasidan tomchilab qo'shiladi, bunda oldin cho'kma tushadi, keyin esa u erib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |