3 I bob boshlang’ich sinf o’quvchilarida xuquqiy tushunchalarni shakllantirishning ilmiy metodologik asoslari



Download 120,67 Kb.
bet31/36
Sana18.01.2022
Hajmi120,67 Kb.
#385891
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
хукук

 

 

 

 

 

 

 

 

64 


 

XULOSA 

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash ularda 

milliy  g’urur,  milliy  ong  va  o’z-o’zini  anglash,  vatanparvarlik  tuyg’ularini 

shakllantirishni  taqozo  etadi.  O’quvchilarda  Vatanga  nisbatan  mehr-muhabbat 

g’oyalarini  singdirish,  huquqiy  tushunchalarni  shakllantirish  orqali  fuqarolik 

hissini  tarbiyalashdan  kelib  chiqadi.Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  huquqiy 

tushunchalarni  shakllantirish  xaqida  so’z  borar  ekan,  avvalo,  o’quvchilarga 

huquqiy  tarbiyaning  o’ziga  xos  xususiyatlarini  ochib  bermoq  zarur.  Huquqiy 

ta’lim-tarbiya  mazmunida  ota-bobolarimizning  tarixiy  tajribalari  va  davrlar 

sinovidan  o’tgan  hayot  saboqlari  jamuljamdir.  Ana  shu  tufayli  huquqiy  ta’lim- 

tarbiya berish ishlarida boy tajriba to’planmoqda.  

Prezidentimizning  huquq  to’g’risidagi  ma’ruzalariga  odamlarimiz  ongida 

eskicha  psixologiyani  o’zgartirib,  ularda  yangicha  huquqiy  ongni  shakllantirish, 

huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish  bugungi  hayotimizning  talabidir.  Ana 

shundagina  mamlakatimizga  huquqiy  demokratik  jamiyat  barpo  etish  mumkin 

bo’ladi. Yoshlarning qonunlarga moslashib borishi, huquqning o’zi nima? Huquqiy 

burch nima? Tushuntirish, yaxshini yomondan, halolni haromdan, pokni-nopokdan 

ajrata  bilishga  yordam  berish  zarur.  O’z  navbatida  huquqiy  bilimga  ega  bo’lgan 

inson  huquqiy  madaniyati  shakllana  boshlaydi.  Huquqiy  ta’lim  maktabda 

maktabda uzluksiz olib boriladi. 

Demak biz maktab o’quvchilarida huquqiy ongni shakllantirishga poydevor 

yaratishimiz kerak. Boshlang’ich maktabda esa shu vazifani ilk tushunchalarini 

tarkib toptirishga harakat qilishimiz lozim. Kishi qancha keng qamrovli huquqiy 

bilimga ega bo’lgan sayin shu darajada madaniyatli bo’la boradi. Bu borada 

O’zbekiston Respublikasi milliy dasturida: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim 

oluvchilarning huquqiy ta’lim hamda tarbiyasini takomillashtirish»,-zarurligi 

alohida ta’kidlangan. Shuning uchun huquqiy ta’lim-tarbiyaning maqsadi har bir 

o’quvchiga amaliy faoliyatida zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan 


65 


 

davlat standartlaridan kam bo’lmagan hajmda olish imkoniyatlarini berishdan 

iboratdir. 

Umumiy  ta’lim  maktablarida,  xususan  boshlang’ich  sinflarda  huquqiy  tarbiya 

olib  borish  uchun  yetarli  imkoniyat  mavjud.  Ana  shu  imkoniyatlardan  samarali 

foydalanish boshlang’ich sinf o’quvchlaridan bir qadar ijodkorlik, izlanuvchanlikni 

talab 

etadi.Matbuotda, 



radioda, 

telivedeniyada 

jamiyatimizda 

huquqiy 

savodxonlikni  oshirish  to’g’risida  yangi  qonunlar  qabul  qilinishi,  yangi 

darsliklarning  chop  etilishi  nur  ustiga  a’lo  nur  bo’lib  xizmat  qilmoqda.  Huquqiy 

ta’limni rivojlantirish to’g’risida ham qarorlar qabul qilinib, yangi dasturlar asosida 

mashg’ulotlar olib borilmoqda. 

Huquqiy madaniyatni shakllantirish huquqiy tarbiya va huquqiy ta’lim orqali 

amalga  oshiriladi.  Huquqiy  ong  huquqiy  madaniyatning  muhum  tarkibiy  qismi 

xisoblanadi. O’quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan turib huquqiy fuqarolik 

davlatni tasavvur etib bo’lmaydi. Huquqiy ong poydevoriga dastlab, maktabgacha 

ta’lim muassasalarida, boshlang’ich sinflardan boshlab maktablarda asos solinadi.

 

Huquqiy tarbiya va huquqiy ta’lim orqali maktab va maktabdan tashqari ta’limda 



o’quvchilarga  Konstitutsiya,  fuqarolik,  oila,  mehnat,xo’jalik,  ma’muriy,  sud 

ishlarini  yuritish  va  boshqa  huquqi  atamalarning  ma’nosi  tushintiriladi.Bolalarni 

davlat qonunlarini hurmat qilish va ularga rioya etish, huquqiy bilimlarni egallash, 

tarbiya va intizomni buzuvchilarga nisbattan murosasiz bo’lish ruhida tarbiyalash, 

halqaro  huquqning  ahamiyatga  molik  masalalari,  Xalqaro  tashkilotlar  (BMT  v.b) 

faoliyati haqida umumiy tasavvurlar hosil qilinadi.Bundan tashqari o’quvchilarga 

huquqiy  bilimlar,  ijtimoiy  hayot  me’yorlari  va  qoidalari  to’g’risida  keng 

ma’lumotlar berib boriladi. Huquqiy ta’limning mazmun mohiyatini chuqur anglab 

etish orqali mustaqil O’zbekiston davlatining iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy- huquqiy 

manfaatlari haqida bilimlarga ega bo’ladi. 

Bolajak boshlang’ich sinf o’quvchilaridada huquqiy bilimlarni shakllantirish 

uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilari va tarbiyachilarida huquqiy bilimlar mavjud 

bo’lishi kerak va ular ish faoliyatida quyidagilarga e’tibor berishi kerak. 

66 


 

 Bitiruv malakaviy ish yuzasidan quydagi hulosalarni berish mumkin.  

1.Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarining  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida 

huquqiy tushunchalarni shakllantirish yuzasida amalga oshirilgan ishlarning yaxlit, 

ochiq,  rivojlanuvchi  tizimi  yaratildi.  Mazkur  tizimda  boshlang’ich  sinf 

o’quvchilaridan  psixologik tayyorgarligi,  huquqiy  ta’lim-tarbiyalanganlik darajasi 

o’rganib chiqildi. 

 2.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  huquqiy  tushunchalarni  shakllantirishda 

oilada, maktabgacha ta`lim muassasalarida va umumiy o’rta ta`lim muassasalarida 

huquqiy ta’lim-tarbiyani tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar ishlab chiqildi. 

3.  Kichik  yoshdagi  o’quvchilarda  dars  jarayonida  xuquqiy  tushunchalarni 

shakllantirishning pedagogik jixatlari o’rganildi; 

4.  Sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  tadbirlarni  o’tkazish  orqali  yosh  o’quvchilarda 

xuquqiy tushunchalarni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari taxlil qilindi; 

5.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  xuquqiy  tushunchalarni  shakllantirish 

yuzasidan tajriba sinov ishlari o’tkazildi va samaradorligi taxlil qilindi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  huquqiy 

tushunchalarni  shakllantirish  uzluksiz  ta’lim  tizimining  keyingi  bosqichlarida 

uzviy ravishta olib borilishi natijasida o’quvchilarda huquqiy madaniyat shakllanib 

muntazam  ravishda  rivojlanib  boradi.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  va 

tarbiyachilari  o’quvchilarda  huquqiy  tushunchalarni  shakllantirishda  individual 

yondoshishi, ularning psixik xususiyatlarini hisobga olishi, qalbiga yo’l topa olishi 

lozim, shundagina u jamiyatimizni qurish uchun munosib bo’lgan kelajak avlodni 

tarbiyalashning muqaddas ishga munosib hissa qo’sha olgan bo’ladi. 

  


Download 120,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish