3 I bob boshlang’ich sinf o’quvchilarida xuquqiy tushunchalarni shakllantirishning ilmiy metodologik asoslari



Download 120,67 Kb.
bet29/36
Sana18.01.2022
Hajmi120,67 Kb.
#385891
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
хукук

3-bosqichda  bilim  hamda  ko’nikmalar  asosida  huquqiy  faoliyat  malakasi 

hosil  qilinadi.  O’quvchilarning  fan  olimpiadalari,  ilmiy  anjumanlar,  bahs-

munozara, uchrashuv, rolli va ishganlik o’yinlari (“Maktab o’rtoqlik sudi”, “Adolat 

o’lkasiga  sayohat”),  jamoat  tashkilotlari  o’quvchilar  faoliyatyaning  to’la-to’kis 

mustaqiligini ta’minlashga ahamiyat berish lozim. 

Dars  jarayonida  o’quvchilarning  huquqiy  madaniyatini  shakllantirish 

jarayonida  quyidagi  ta’lim  shakllaridan  foydalanildi:  sinf-dars,  maktab  ma’ruzasi 

56 


 

mashg’ulot,  huquqiy  vaziyatlarni  hal  etish,  rolli  hamda  ishchanlik  o’yinlar, 

matbuot anjumani, “davra stoli”, bahs-munozara va hokazolar. 

O’quvchilarda  huquqiy  madaniyatini  shakllantirish  jarayonida  quyidagi 

metodlardan  foydalanish  maqsadga  muvofiq  ekanligi  mashg’ulotlar  jarayonida 

aniqlandi:  pedagogik  kuzatuv,  suhbat,  axborot  va  o’quv  manbalari  bilan  ishlash, 

ko’rsatmalilik,  mashqlantirish,  amaliy  mashg’ulotlar,  bahs,  huquqiy  muammoli 

vaziyatlarni  hal  etish,  tushuntirish,  hikoya  qilish,  tashxislash,  loyihalash  va 

boshqalar. 

 Demak,  umumiy  ta’lim  maktablarida,  xususan  boshlang’ich  sinflarda  huquqiy 

tarbiya  olib  borish  uchun  yetarli  imkoniyat  mavjud.  Ana  shu  imkoniyatlardan 

samarali  foydalanish  boshlang’ich  sinf  o’quvchlaridan  bir  qadar  ijodkorlik, 

izlanuvchanlikni talab etadi. 

 Matbuotda,  radioda,  telivedeniyada  jamiyatimizda  huquqiy  savodxonlikni  oshirish 

to’g’risida  yangi  qonunlar  qabul  qilinishi,  yangi  darsliklarning  chop  etilishi  nur 

ustiga  a’lo  nur  bo’lib  xizmat  qilmoqda.  Huquqiy  ta’limni  rivojlantirish  to’g’risida 

ham qarorlar qabul qilinib, yangi dasturlar asosida mashg’ulotlar olib borilmoqda. 

 Bolalarda  jinoyatga  moyillik  boshlang’ich  sinflarda  o’qib  yurgan  davrlardan 

boshlab  shakllanishni  aniqlash  qiyin  emas.  Shunday  ekan,  huquqiy  ta’limning 

jinoyatchilikning  oldini  olishdagi  ahamiyati  beqiyosdir.  Ayrim  rivojlangan 

mamlakatlarda  huquqiy  bilim  boshlang’ich  sinflardan  boshlab  juda  soda  shaklda 

berib  borilar  ekan.  Maktablarda  poletsiya  va  sud  xizmatchilari  dars  o’tkazib  berar 

ekan  bizning  ta’lim  tizimida  ham  shu  tajribani  qo’llashga,  olimlarimiz, 

mutaxassislarimiz bosh qotirishsa maqsadga muvofiq bo’lar ekan. 

 Boshlang’ich  sinflarda  huquqiy  darsning  yana  bir  ijobiy  tomoni  shundaki,  u 

bolaning  ruhiy  tetikligini  aktivlashtirib,  bilimga  bo’lgan  ishtiyoqini  kuchaytiradi. 

Oddiy  bir  misolni  olib  qarasak,  bir  sinfda  30  ta  o’quvchi  o’qiydi  deylik.  Ular 

orasida  o’ziga  to’q  oilaning  va  kam  ta’minlangan  oilaning  bolalari  bor.  Kam 

ta’minlangan  oilalarning  bolalari  o’ziga  to’q  bolalardan  o’zlarini  nochordek  his 

qiladilar.  Shunday vaqtda  huquq darsida qonunlarimiz sodda sha klda  bolalarga mos 

57 

 

qilib tushuntirilishi kerak. Masalan; O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari 



bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib 

chiqishi  va  mavqiyidan,  e’tiqodi,  shaxsidan  qat’iy  nazar,  qonun  oldida  tengdirlar. 

Bunday  so’zlar  ruhi  tushgan  bolalarga  ko’tarinkilik  uyg’otadi,  bilimga,  vatanga 

nisbattan  mehrni  kuchaytiradi  va  bu  qaynoq  mehr  uzoq  yillar  uning  qalbini  tark 

etmaydi.  Huquqiy  ilmi  ancha  murakkab  fan,  bunday  darsni  avvalambor  mutaxas sis 

o’qituvchi  olib  borishi  maqsadga  muvofiq  deb  o’ylayman.  Chunki  bolalarning 

yoshiga  mos  qilib  kundalik  hayotda  uchraydigan  voqealarni,  ular  zamiridagi 

qonunlarimizning  muqaddasligini,  pedagogik,  psixologik  normalarini  atroflicha 

tushuntirsa  va  huquqiy  darslarga  jiddiy  munosabatda  bo’lsa  maqsadga  erishish 

mumkin.Shaxsning  huquqiy  jihatdan  ijtimoillashtirishda  oilaning  roli  kattadir. 

O’zbekiston  Respublikasi  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun  va  Milliy  dasturda:  “Bola 

tug’ilgan kundan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, 

urf-odatlar  bola  zuvolasini  shakllantiradi.  Eng  muhimi,  farzandlar  oilaviy  hayot 

maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi”- deb ta’kidlangan. Bu borada 

quyidagicha  fikr  bildirish  mumkin.  Boshlang’ich  huquqiy  ta’lim  ilk  yoshdan 

boshlab bolalarni tabiat, jamiyat, insoniyat olamiga munosatini ezgulik deb atalmish 

muqaddas  hisoblangan  Qomusimiz  bilan  bog’lash,  u  bilan  hamnafas  bo’lishi  hal 

etiladi.  Insonning  inson  sifatida  yashashi,  mehnat  qilishi,  jamiyat  ustuvorligini 

ta’minlashi  uchun  boshlang’ich  huquqiy  ta’lim  berish  zarurligini,  hayotning  o’zi 

taqazo  etmoqda.  Huquq-bu  erkinlik.Shuning  uchun  bolaga  berilayotgan  ta’lim-

tarbiya uning erkinligini ta’minlay olishi kerak.  

 Boshlang’ich huquqiy ta’limning maqsadi va vazifalari haqida to’xtalib o’tamiz. Bu 

haqda Prezidentimiz I.A.Karimov: 

 “Biz  shu  aziz  diyorda  nafaqat  farzandlarimiz,  balki  nevara-chevaralarimiz  ham 

tinch,  omon,  farovon,  baxtli,  saodatli,  ma’naviy  hayot  kechirishini,  O’zbekiston 

degan  yutr,  o’zbek  degan  nom  dunyo  turguncha  turishini  istaymiz,  deb  alohida 

ta’kidlagan.Hukumatimiz rahbari tomonidan aytilgan bu gaplar zamirid keng ma’no 

bor.  Chunonchi,  eng  kichik  insonlar  bolalarning  kelajagini  bunyod  etishda 

58 

 

nimalarga  asoslanish  kerakligi  haqida  jiddiy  o’ylashimiz  kerak  va  quyidagi 



qoidalarga rioya qilishimiz lozim: 

 -bolalarni murg’ak davridan boshlab o’z-o’zini tanish, o’z-o‘zini hurmat qilish; 

 -inson  haqida,  insoniylik  qadr-qimmatini  anglash  va  hurmat  qilish,  oriyat 

tuyg’usini shakllantirish, o’zgalar erkinligi huquqini hurmat qilish; 

 -atrof-muhitga,  odamlarga  nisbatan  mehr  oqibat  tuyg’ularini,  burch  ma’suliyatini 

tarbiyalash; 

 -tabiatni  sevish,  uning  go’zalligini  his  va  idrok  eta  olish,  estetik  madaniyatni 

shakllantirish,  zavqlana  olish,tabiatni,  atrof-muhitni  avaylab  asrash,  ekalogik 

bilimlarni rivojlantirish;  

 -o’zbek  xalq  og’zaki  ijodi,  tarix  orqali  asta-sekin  Davlat,  Konstitutsiya  qonunlari 

haqida  elementar  bilimlarni  singdirib  borib,  mustaqil  O’zbekistnning  fuqarolik 

tuyg’usini, Vatanga muhabbat uyg’otish orqali Vatan himoyachisi bo’lishiga undash 

kabi  vatanparvarlik  tuyg’ularini  tarbiyalab  borishdir.  Shu  tariqa  kichik  yoshdagi 

o‘quvchilarda  “Bolalar  huquqini  himoya  qilish  konvensiyasi”da  ko’rsatib 

o’tilganidek; 

 -insoniylik, qadr-qimmat tarbiyasi; 

 -shaxsning o’zaro munsabatida bir-birni hurmat qilish; 

 -hamjihatlik, bag’rikenglik v hokazo 

 Huquqiy ta’lim berishning tashkiliy jihatlari va jivojlantirish yo’llari;  

 -ilg’or  o‘quvchilarga  huquqiy  ta’lim  berish  bo’yicha  tajribalarini  o’rganish  va 

ommalashtirish; 

 -davra suhbatlar uyuhtirish, semenarlar o’tkazish; 

 -boshlang’ich  huquqiy  ta’lim  berishning  shakl  va  uslublarini  ishlab  chiqish,  yangi 

pedagogik texnalogiyalarga asoslangan holda ilmiy izlanishlar olib boorish;   

 -inson  huquqlari  umumjahon  deklartsiyasi,  shuningdek,  BMT  tomonidan  qabul 

qilingan  “Bolalar  huquqlari  konvensiyasi”ga  doir  ma’lumotlar  bilan  chuqur 

tanishtirish.  Ta’lim  jarayoni  markazida  huquqiy  bilimlani  puxta  o’zlashtirish 

59 


 

masalasiga  alohida  e’tibor  beriladi.  Yuqoridagi  vazifalarni  samarali  xal  qilishda 

sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning axamiyati kattadir.


Download 120,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish