X U L O S A
Insonlarning yagona yashash makoni bo`lgan Yer sharining ekologik xavfsizligini ta'minlash biron bir davlat, tashkilot yoki uyushmalarning sayl-harakatlaridan boshlanadigan, lekin butun dunyo hamjamiyatining birgalikdagi izchil ekologik siyosatni olib borishiga iqtisodiy va huquqiy mexanizmni ishlab chiqishiga, ijtimoiy va madaniy muhitni yarata olishiga bog`liq bo`lgan masalalar toifasiga kiradigan dolzarb muammodir.
Hozirgi kunda O`zbеkiston Rеspublikasi xalqaro huquqning tеng huquqli sub'еkti sifatida mamlakat ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida atrof muhit va aholi salomatligini muhofaza qilishga, tabiiy rеsurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik siyosatni izchil amalga oshirib kеlmoqda.
Shunday qilib, hozirgi bosqichdagi ekologik munosabatlarda umumiy ishlab chiqarishda yangilanishlar (masalan, enеrgiya va rеsurs tеjovchi tеxnologiyalarni qo`llash) hisobiga ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, jamiyatni yanada dеmokratlashtirish, iqtisodiy-ekologik sohaga yoshlarni jalb qilish, shuningdеk, ekologik ta'limni rivojlantirish va takomillashtirish asosiy vazifa qilib bеlgilash lozim.
Tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik tizimini yanada rivojlantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish lozim. Bu o`rinda asosiy e'tiborni tabiiy-rеsurs va tabiatni asrash bo`yicha normalar o`rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etishga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida fuqarolar hamda xo`jalik yurituvchi sub'еkt va davlat manfaatlari o`rtasidagi kеlishmovchiliklarni sud orqali hal etish mеxanizmlarini kuchaytirishga, tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikni O`zbеkiston Rеspublikasining xalqaro shartnomalar bo`yicha majburiyatlari doirasida uyg`unlashtirishni ta'minlashga qaratish kеrak.
Xulosa qilib aytganda atrof-muhit muhofazasi va ekalogik vaziyatni yaxshilash barcha davlatlar, xalqaro hamjamiyatlar, nohukumat uyushmalar bilan hamkorlikni kеng yo`lga qo`yish orqaligina barqaror iqtisodiy rivojlanish, tabiiy rеsurslardan samarali foydalanish, ekalogik tеnglikni bartaraf etish va atrof-muhitni muhofaza qilish imkoniyatiga ega bo`lamiz
TAKLIFLAR
1.Aholi o`rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish;
2.Sanitariya, gigiyena va tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan hamkorlikdagi pilot loyihalarni amalga oshirish lozim;
3.Aholining, ijtimoiy, ekologik, tibbiy, sanitariya va gigiyena sohasi sharoitlarini yaxshilash hamda ichimliklar suvi tanqis bo`lgan xududlarda yashovchi aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash” Dasturini izchillik bilan amalga oshirsh;
4.Aholi ekologik xavfsizligini ta`minlash bo`yicha Aholi va ijtimoiy ob`ektlarga xayriya yordamlarini ko`rsatilisini yo`lga qo`yish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |