4. Analitik reaksiyaning sezgirligi
Reagent analitik samara berishi uchun kifoya etadigan ochiluvchi ionning minimal (eng kichik) konsentratsiyasi analitik reaksiyaning sezgirligi deyiladi.
Masalan: 1g K+ ionni 13000ml (13l) suvdagi eritmasi 2-3 tomchisiga 1 tomchi natriy geksanitrokobaltat tomizilsa sariq cho‘kma xosil bo‘ladi (1 :
13000)
2K+ + Na+ + [Co(NO2)6]3+ → K2Na[Co(NO2)6]↓ sariq bundanda suyultirilgan eritmada analitik samara kuzatilmaydi.
K+ ionini uzum kislotasining nordan tuzi eritmasi bilan ochish K+ ionini konsentratsiyasi 13 barovar ko‘p ya’ni 1000ml suvda 1g K+ mavjud bulganda ham, analitik samara, oq cho‘kma xosil bo‘ladi, undan kichak
konsentratsiyada analitik samara kuzatilmaydi
K+ + HC4H4O6- → KHC4H4O6- ↓ 1 : 1000
Binobarin birinchi reaksiya ikkinchisiga nisbatan 13 marta sezgir. Analitik reaksiyaning sezgirligi uzviy bog’langan to’rt o’lchamlarda ifodalanadi.
Ochish minimum – m (mkg) chegaraviy suyultirilgan eritmaning minimal hajmida ochilishi mumkin bo’lgan modda (ion)ning mikrogrammlarda ifodalangan minimal massasi (1mkg = 10-6 g).
Minimal xajm Vmin – chegaraviy suyultirilgan eritmaning analitik samara kuzatilishiga kifoya etadigan eng kichik hajmi.
Chegaraviy konsentratsiya, Clim – ayni reaksiya bilan ochilishi mumkin bo’lgan ionning g/sm3 birlikda ifodalangan eng kichik konsentratsiyasi.
Suyultirish chegarasi, W - tarkibida bir gramm ochiluvchi ion tutgan, chegaraviy suyultirilgan, eritmaning maksimal hajmi, sm3/g birlikda ifodalanadi Clim = 1/W.
Analitik reaksiyaning to’rtta o’lchami o’zaro quyidagicha bog’langan: m = Clim · Vmin · 106 = Vmin · 106/W
Masala: Ammoniy NH4+ kationini spetsifik reaksiyasi tarkibida 2,5·10-3 mkg NH4+ bo’lgan bir tomchi, ya‟ni 0,05 ml, eritmada analitik samara beradi (ishqor ta‟sir etilsa ammiak ajraladi). Reaksiyani chegaraviy Clim konsentratsiyasini va suyultirish chegarasi W hisoblang.
Echish: Clim = m/Vmin · 106 = 2,5 · 10-3/0,05 · 106 = 5 · 10-8 g/sm3
W = 1/Clim = 1/5 · 10-8 g/sm3 = 1 : 2.000.000 ml YOki W = 1g (NH4+) : 2000 litrda
Analitik reaksiyaning samarasiga ta‟sir etuvchi omillar
Analitik reaksiya samarasiga xarorat, muhit, halaqit beruvchi ionni niqoblovchi moddalar ta‟sir etadi.
Misol: 1) K+ + HC4H4O6- → KHC4H4O6 ↓ reaksiyasida, neytral muxitda, probirka devorlarini ichki tomonidan shisha tayoqcha bilan ishqalab, sovutilgandagina tegishli samara, oq kristall cho’kma, hosil bo’ladi.
2) K+ kationini natriy kobaltinitrit bilan ochishda, o’xshash samara bergani sababli, xalaqit beruvchi NH4+ kationini niqoblash formalin ta‟sirida xosil bo’lgan kislotani soda bilan neytrallab bajariladi
4NH4Cl + 6CH2O → (CH2)6N4 + 4HCl + 6H2O
4HCl + 2Na2SO3 → 4NaCl + 2H2O + 2SO2
Do'stlaringiz bilan baham: |