Sifat analizida kation va anionlarning klassifikatsiyasi. Kationlar klassifikatsiyasi.
Sifat analizida kationlarni klas-sifikatsiyalashning bir necha usullari (sxemalari) bor: Vodorod sulfidli usul: bu metall sulfidlarining turlicha erishiga asoslangan.
Vodorod sulfidsiz usullar:
a) kislota-ishqorli
b) ammiak-fosfatli
s) atsetat-amidli va hokazo.
III Bob. Olingan natijalar va ularning muhokamasi
3.1. Ajratish va aniqlash usullarining tatbiqi va ahamiyati
Organik moddalarning tozalik darajasini aniqlash uchun ularning fizik konstantalari (suyuqlanish va qaynash harorati, sindirish k o 'rsa tk ic h i) aniqlanadi. So’nggi yillarda erishilgan yutuqlar fizik-kimyoviy tadqiqot usullaridan keng foydalanish imkoniyatini yaratdi. Ayniqsa, xrotografik tahlil usuli yuqori samaradorlikka ega ekanligi barcha tadqiqotchilar tomonidan
e ’tirof etilmoqda.
Organik moddalarning individualligi va tozaligiga shubha qolmagandan keyin
uning tarkibi tahlil qilinadi. Sifat tahlili yordamida uning qanday elementlardan
tarkib topgani aniqlanadi. Organik moddalar, asosan, uglerod va vodoroddan
iborat bo'ladi. Bundan tashqari, ularning tarkibida azot, kislorod, oitingugurt
va galogen atom lari ham bo'ladi. Bu elem entlarni aniqlash uch un ular
barqaror anorganik m oddalar shakliga o'tkaziladi va analitik kimyo yordamida
tahlil qilinadi.
Organik m oddalar tarkibida ayrim elem entlar mavjudligi aniqlangach,
endi birikm adagi har qaysi elem entning m iqdorini bilishim iz lozim , bu,
o 'z navbatida, uning m olekulyar massasi va form ulasini aniqlashga im kon
tug'diradi. M iqdor tahlilida tekshiriladigan m odda yondiriladi va yonish
mahsulotlari miqdori aniqlanadi. M olekulyar form ulaning aniqlanishi uning
tuzilishini, ya’ni molekuladagi atom larning bog'lanish tartibini o'rganishdagi
birinchi qadam hisoblanadi. Yondirish uchun olingan modda miqdoriga qarab
m akrotahlil (0,1-0,5 g), yarim mikrotahlil (10-50 mg) va m ikrotahlil (1-10
mg) usullariga ajratiladi.
Buning uchun moddaning aniq miqdori
toza kislorod oqimida yoqiladi. Hosil bo'lgan CO2 va H2O m iqdori aniq
o'lchagichlar yordam ida qayd etiladi. Eng oddiy usulda suv “angidron ”—
magniy perxloratiga Mg(C1O4)2, karbonat angidridi KOH eritmasiga yuttiriladi
va m assalarning ortishidan hosil bo'lgan CO2 va H2O miqdori topiladi.
Azotni aniqlash. Azot, odatda, Dyuma usuli bilan topiladi. Buning u chun
m odda C O 2 oqimida C uO tarkibidagi kislorod hisobidan yoqiladi. Ajralib
chiqqan elem entar azotning hajmi o'lchanadi. Azotni aniqlashning ikkinchi,
Keldal usuli b o 'y ich a m oddaning aniq m iqdori k on sentrlan gan H2SO4
ishtirokida oksidlanadi. Bu jarayonda barcha azot (NH4)2SO tuzi shakliga
o'tkaziladi. Ishqor ta ’sirida tuzdan ajralib chiqqan am m iak xlorid kislotasi
bilan titrlanadi va azotning miqdori topiladi.
So'nggi yillarda С, H, N e le m e n tla r n in g m iq d o riy a n iq la s h
avtom atlashtirilgan asboblarda 5-8 daqiqa davom ida bajarilm oqda. Buning
uchun m odda nam unasi yondirilganda hosil bo'lgan CO2 va H2O gaz
xromatograflariga yuboriladi va modda tarkibidagi С, H, N m iqdori foizlarda
aniq hisoblab chiqariladi. Buning uchun tekshiriladigan modda tarkibidagi
galogenlar kum ush nitrati ta ’sirida cho'km aga tushiriladi va uni ajratib olib
galogen miqdori topiladi. Qurilish materiallarining asosi hisoblangan silikatlar va qovushtiruvchi moddalar murakkab kimyoviy tuzilishga ega va tarkibida SiO2, Fe2O3, FeO, A12O3, CaO, MgO, K2O, Na2O va b. bo’ladi. Shuning uchun ularni analiz qilishda analitik kimyoviy kompleks usullardan foydalaniladi. Ulardan qanday mahsulot ishlab chiqarish mo’ljallanganiga qarab xom ashyo tarkibi o’zgartiriladi. Mineral xom ashyo tekshirilganda uning asosiy komponentlar miqdori aniqlanadi. Masalan, deraza oynalari ishlab chiqarishda xom ashyo tarkibida FeO va Fe203 ning miqdori 0,1% dan oshmasligi kerak, aks holda shisha sariq, yoki yashil rangli bo’lib qoladi. Kimyoviy analiz qo’lda, avtomatlashtirilgan (yarim avtomat) va avtomatik usullarda bajariladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishda asosan kompleks avtomatlashtirilgan texnologiyalarda avtomatik analiz usulidan foydalanilmoqda.
Xulosa
Ayrim kimyoviy analizlar juda qadim zamonlarda ham ma'lum bo’lgan. Masalan, o`sha davrda rudalardan mеtallar ajratib olinardi, qotishmalar hosil qilinardi, shisha pishirilardi, o`simliklardan dorivor moddalar, bo`yoqlar, xushbo`y moddalar ajratib olinar edi. Misrda bu narsalar kеng rivojlangan edi. Dastlabki vaqtlarda sifat analizi ba'zi tabiiy birikmalarni xususiyatlariga qarab aniqlashdan iborat bo`lgan edi. Miqdoriy analiz esa avval tеkshirish san'ati dеb ataluvchi shaklda paydo bo`ldi, bu yo`l bilan oltin va kumush kabi qimmatbaho mеtallarning tozaligi (probasi) aniqlanardi. Bu usullar umuman olganda, ana shu mеtallarni ishlab chiqarishda boradigan asosiy jarayonlarni takrorlashdan iborat edi.
Kimyoviy analiz usullari xalq xo’jaligining turli sohalarida: medisina, qishloq xo’jaligida (tuproqni tekshirish va b.), atrofni muhofaza qilish, oziq-ovqat sanoatida, metallurgiyada, neft kimyosida, plastmassa, keramika, shisha, qurilish materiallari ishlab chiqarishda muhim rol o’ynamoqda. Juda toza moddalarni ishlab chiqarish, atom va yadro energetikasi, kosmik parvozlarni uyushtirish, yarim o’tkazgichlar va lazer texnikasini yaratish kabilarni kimyoviy analizsiz tasavvur etib bo’lmas edi. Doimiy kimyoviy tekshiruvsiz normal texnologik jarayonni saqlash va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
Ishlab chiqarishda kimyoviy analiz yordamida quyidagi vazifalar bajariladi: xom ashyoning sifati va uning mahsulot ishlab chiqarishga yaroqliligini, optimal xom ashyo resepturasini aniqlash, chala mahsulot tarkibini tekshirish, tayyor mahsulotning sifatini aniqlash. Bundan tashqari, chiqindilardan ishlab chiqarishda yana foydalanish maqsadida ular kimyoviy analiz qilinadi. Atrof muhitni muhofaza (havo, suv, tuproq,) qilishda ham kimyoviy analizning ahamiyati beqiyosdir. Kimyoviy analiz kriminalistikada ham keng qo’llaniladi. U arxeologiyada, dunyo okeani va atmosferasini o’rganishda, yangi kosmik apparatlar yaratishda, quyosh sistemasidagi planetalarning atmosferasini va tuprog’ining tarkibini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |