5. Pulning iqtisodiyotga ta’siri portfelli yondashuvlari va
yo‘nalishlari
Pul massasining milliy daromadga ta’siri masalalari bo‘yicha
monetaristik qarashlarga asos bo‘lib portfelli modellar xizmat qiladi
(Brunner, Meltser va boshqalar).
Portfelli aktivlar o‘z ichiga pul, hukumat obligatsiyalari va natural
shakldagi kapitalni (jumladan, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol
tovarlari) qamrab oladi. Aktivlar portfelini quyidagicha ifodalash
mumkin:
W=M+B+K, (1)
Bu yerda: M – pul; B – obligatsiyalar; K – kapital.
Aktivlarning har bir turi keltiradigan musbat daromad qisman
moliyaviy foiz daromadi va qisman aniq bo‘lmagan xizmatlardan (masalan,
pul bilan bog‘liq holatda – ulardan muomala vositasi sifatida
foydalanishda keltiradigan xizmatlar) tarkib topadi. Saqlanayotgan
aktivlar o‘rtasida nisbat turli aktivlar bo‘yicha daromadlilik eng yuqorimeyorlarini tenglashtiradigan holatda bo‘lganda aktivlar portfeli
muvozanatda bo‘ladi. Demak, ushbu boylik hajmida aktivlar o‘rtasidagi
nisbat nisbiy daromadlilik meyorlari bilan belgilanadi, har bir aktiv
turining miqdori esa shu daromadlilik meyorlari va umumiy boylik
hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Agar aktivlar portfelida pul zaxirasining o‘sishi ro‘y bersa, bu quyidagi ikki samaraga olib keladi:
1) Boylik zaxirasini, ya’ni portfel hajmini oshiradi. Aktivlarning nisbiy daromadliligi o‘zgarishsiz qolishi shartlarida har bir muayyan aktivlar – pul, obligatsiya va kapitalga bo‘lgan talabda boylik samarasining ta’sirini aniqlash mumkin. Odatda, boylik samarasi musbat bo‘ladi, chunki har bir aktiv turiga talab o‘sib boradi.
2) Portfel o‘rnini almashtirish samarasi yoki taqsimot samarasi.
Pul zaxirasining o‘sishi ushbu aktiv turlari o‘rtasidagi boshlang‘ich
nisbatni qayta tiklash uchun kapital va obligatsiyalar zaxirasini oshirish
istagini uyg‘otadi. Bu yerda pul massasi va milliy daromad oqimining turli aloqa mexanizmlari vujudga keladi:
a) Birinchi aloqa mexanizmi boylik samarasi (yoki kassa
qoldiqlari samarasi, yoki Pigu samarasi) bilan izohlanadi. Pulning o‘sishi rejadagi iste’mol xarajatlarining o‘sishiga olib keladi, bu esa, o‘z
navbatida, milliy daromadga ta’sir ko‘rsatadi.
b) Boshqa bir mexanizm pul massasi o‘sishining kapitalga bo‘lgan
talabga ta’siri bilan bog‘liq. Kapital zaxirasi eng yuqori daromadlilik
meyorining pul zaxirasi o‘sishi tufayli paydo bo‘lgan yangi, nisbatan arzon
kapital taklifi bilan tenglashish darajasiga ko‘tarilmaguncha
investitsiyalar o‘sishi davom etaveradi. Keynschilar (Tobin) obligatsiyalar va kapitalni aktivlar – obligatsiyalar bo‘yicha daromadlilik umumiy meyoriga ega substitutlar sifatida ko‘rib chiqadilar. Ular nomonetar aktivlar, masalan, davlat obligatsiyalari taklifining o‘zgarishi kapital taklifi narxi va xarajatlarga sezilarli boylik va joylashtirish samarasini ko‘rsatadi, monetaristik qoidalarga ko‘ra esa, faqat pul massasining o‘zgarishida vujudga keladigan samaralar e’tiborga loyiq hisoblanadi.
Monetaristlar va Tobin versiyasi o‘rtasidagi bu farqlar siyosatda ham
muhim farqlarni vujudga keltiradi. Monetaristlar pul-kredit siyosati va budjet holatining hal qiluvchi vositasi bo‘lib, pul zaxirasining nisbiy kattaligi xizmat qiladi, deb hisoblaydilar. Tobinga ko‘ra, makroiqtisodiy siyosat vositalarini faqat pul zaxiralari bilan cheklash kerak emas, moliyaviy ahvol ko‘rsatkichi bo‘lib kapital taklifi narxi xizmat qilishi lozim, chunki unga yuqorida ko‘rsatilgan omillar ta’sir etadi. Bu narx aksiyalarga daromad foiz meyori bilan ifodalangan. Tobinning asarlarida pul massasining o‘sishi hukumat xarajatlarini defitsit moliyalashtirish natijasida vujudga kelganda ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Portfel nuqtai nazaridan yogdashuv bu – keynschilar va
monetaristlar o‘rtasidagi farqni aniqlashning bir yo‘li. Ushbu tahlilda
Tobin va Fridmanning nuqtai nazarlari ifodalangan. Garchi keynschilar va monetaristlar bir xil portfel modellarini qo‘llasalar-da, asosiy farq shundaki, keynschilar asosiy e’tiborni boshlang‘ich samaraga qaratadilar, monetaristlar esa yakuniy samarani ko‘rsatadilar. Keynschilarning fiskal siyosat bo‘yicha ko‘plab tahliliy ishlari IS egri chizig‘ida ro‘y beruvchi o‘zgarishlarni ko‘rsatadilar, monetaristlar esa asosiy e’tiborni aktivlar zaxirasining uzoq muddatli samarasiga qaratadilar.
Xo‘jalik tizimida pul impulslarini «uzatish» mexanizmi haqidagi
masala doimo monetaristik doktrinaning zaif nuqtasi bo‘lib kelgan.
Xo‘jalikdagi asosiy o‘zaro aloqalar haqidagi tasavvurni aniq ifodalovchi
va pul zaxirasi o‘zgarishining qay tarzda daromad, bandlik va narx tebranishlariga aylanishini tushuntirib beruvchi kapitalistik
iqtisodiyotning ochiq struktura modeli uzoq vaqt bo‘lmagan. Shu sababli
Fridman va Shvars o‘zlarining sikllar haqidagi pul massasining o‘zgarishi va boshqa agregatli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – YAMM, iste’mol xarajatlari, tovar narxlari va hokazolarning o‘zgarish sur’ati o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqlik g‘oyasini rivojlantirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |