3. Golovin jadvali orqali ko`rish o`tkirligini aniqlash. Perimetr asbobi yordamida ko`rish maydonini aniqlash



Download 277,31 Kb.
bet5/6
Sana04.02.2022
Hajmi277,31 Kb.
#431101
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliy topshiriq

Tajriba o’tkazish tartibi. Ko’rish maydoni Forster perimetr yordamida aniqlanadi. Perimert yorug’lik qarshisiga o’rnatiladi. Tekshiriluvchi yorug’likka nisbatan orqa tomoni bilan o’tirgach, perimetr shtativining o’yilgan joyiga iyagini qo’yadi. Agar chap ko’zning ko’rish maydoni aniqlanadigan bo’lsa, iyak taglikning o’ng qismiga qo’yiladi. Taglikning balandligi shunday boshqariladiki, bunda ko’z kosasining pastki chegarasi, shtativnnig yuqori chegarasiga to’g’ri kelsin. Tekshiriluvchi nigoh perimetr markazidagi oq nuqtaga qaratilgan holda ikkinchi ko’z qo’l bilan yopilishi kerak. Perimetr yoyi gorizontal holatga qo’yilib, o’lchash boshlanadi. Buning uchun oq marka yoyning ichki yuzasi bo’ylab, 900 dan 00 ga tomon sekin olib kelinadi va tekshiriluvchi oq nuqtaga qarab turgani holda markani ko’rayotganini aytish kerak. Tekshiruvchi to’g’ri kelgan burchakni aniqlab, ikkinchi marta yana tekshiradi. Ko’zning qancha ko’p meridiani bo’yicha ko’rish maydoni aniqlansa, shuncha u aniq bo’ladi. bu usul (tashqi, ichki) va vertikal (yuqori, pastki) bo’yicha aniqlash bilan chegaralanishi mumkin.
Oq marka rangli markaga almashtirilib, yuqoridagi usulga asosan rang ko’rish maydoni aniqlanadi va tekshiriluvchi faqat markani ko’rmasdan, balki uning rangini ham aniq bilishi kerak. Ko’rish maydonini ko’k yoki bir necha ranglarda aniqlash mumkin.
4. Maktab jihozlariga: parta, stol, stul, doska kiradi. Kо‘z va stol orasidagi masofa 30-35 sm bо‘lish kerak. Partaning nishablik holati 12-150 teng bо‘lishi zarur. Oldingi partalar devor va doskadan kamida 2,5 uzoqlikda qо‘yiladi.Parta, stollar och kulrang, malla rang bо‘lishi kerak,oq va qora ranglar tavsiya etilmaydi. Hozirgi vaqtda besh guruhdagi (A,B,V,G,D) parta va stol, stellar chiqariladi. Bu guruh quyidagi formula orqali aniqlanadi:


Sinf doskasi sinf sathiga bog‘liq bо‘lib, uzunligi 175sm.dan 300-350sm.gacha eni 110-120 sm bо‘lishi lozim. Doskaning yuzasi silliq, yaltiramaydigan bо‘lishi kerak. Boshlang‘ich sinflarda doska pol sathtdan 85 sm.,yuqori sinflarda 90sm.balandlikda о‘rnatiladi. Doska jigar rang yoki tо‘q yashil rangda bо‘lib, bor va latta qо‘yish uchun tarnovchasi bо‘lishi kerak. Doska yaxshi yoritilishi uchun tepasiga yoritgich о‘rnatiladi. О‘qituvchining ish stoli va stuli birinchi parta yoki о‘rtadagi parta oldiga qо‘yiladi.Sinf jixozlarini gigiyenik baholash quyidagicha:
1. Sinfda qancha kerakli va ortiqcha jihozlar aniqlanadi.
2. Partalarning sifati va rangi aniqlanadi.
3. Doskaning sifati va rangi, poldan balandligi о‘rganiladi.
4. Sinfdagi bolalar qaysi guruxdagi parta yoki stol, stullarda о‘tirishini aniqlanadi.
5. Parta qatorlari orasidagi masofani, ichki devor bilan parta orasidagi masofani, oxirgi partalar bilan devor orasidagi masofani va oxirgi parta bilan doska orasidagi masofani aniqlanadi.Normada qatorlar orasidagi masofa 70-75sm., ichki devor bilan parta orasidagi masofa 60 sm.,oxirgi partalar bilan devor orasidagi masofa 70 sm. Bо‘lishi kerak.
5. Ekologiya yunoncha so’z bo’lib "oikos" (oykos) –yashash joyi, makon va «logos» – fan, so’zidan olingan bo’lib, tirik organizmlarning tevarak atrofdagi muxit bilan o’zaro munosabatini o’rganadigan biologic fan xisoblanadi. Eko­logiya muhit omillarining o`simlik va hayvonlar or­ganizmiga ta`si­rini, organizm va populyatsiyaning muhit omilla­riga ko`rsatadigan reak­tsiyalarini, populyatsiyalar soni va tizimini bir xil saqlovchi mexanizm­larni (jarayonlarni), tabiiy gu­ruhlarning biologik mahsuldorligini, biogeotsenozlar yoki ekosi­stemalarning harakatlanish qonuniyatlarini va biosferani o`rganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar aso­sida mavjud va ri­vojlanadi, u in­son ta`siriga qanday javob beradi bu­larning bar­chasi ekologiyaning predmetidir.
Inson borki, hayot uchun kurashadi, tabiatning barcha in­jiqliklariga moslashishga intiladi, har bir kishi tabiat in`omla­ri­dan foydalanadi, quradi, bunyod etadi. Odatda inson biror maqsadni ko`zlab tabiatning muayyan bir sohasida ijobiy yoki ko`pincha salbiy ta`sir ko`rsatishi mum­kin.
Kishilar o`zlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, bu­ni atrof-muhitning o`simlik va hayvonot dunyosiga qandaydir sal­biy ta`siri bo`ladi, natijada tabiat kambag`allashib boradi. Inson qu­rilish materiallari sifatida tabiiy o`rmonlarni keragidan or­tiqcha ke­sadi, demak o`simlik dunyosi qisqarib, u o`z navbatida atmo­sfera havosini mu­saffo bo`lishiga rahna tug`diradi, tuproq eroziyaga uch­raydi, er osti suvlari kamaya boradi, ko`chkilar paydo bo`lib, sel nati­jasida jarliklar hosil bo`lishi mumkin. Bu lavha inson­ning tabiatga ko`rsatgan ta`siri­dan bir parcha xolos. Tabiatga nisba­tan ko`r-ko`rona yondoshish, uning ehsonlaridan ayovsiz foydalanish pirovardida og`ir asorat qoldirishi mumkin. Bizni o`rab turgan butun tabiat, borliq, ming yillar mobaynida shunday bir muvozanatga kelganki, uning bir bo`lagiga etkazilgan ozor boshqa bo`laklariga ham salbiy ta`sir ko`rsatmay qolmaydi. Ta­biatga ta`sir etishda ba`zi jiddiy xatolarga yo`l qo`yilishi mumkin ekanli­gini Orol fojiasi misolida yaqqol ko`rsatish mumkin.

Download 277,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish