Topshiriqni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Topshiriq
kartografiya xonasida mustaqil holatda bajariladi.
Globus bilan ishlash jarayonida uning
masshtabini aniq-lashga
to‘g‘ri keladi. Globus masshtabini aniqlash uchun uning ekvator
uzunligini Yerning ekvator uzunligiga nisbatini olamiz. Masalan, globus
ekvator uzunligini aniqlash uchun ekvatordagi 2 ta meridian oralig‘ini
(15° ga teng) o‘lchab, uni 24 ga ko‘paytiramiz (chunki 15° li zona 24 ta.
15° x 24 = 360°).
Globusning ekvator uzunligi 80 sm ga teng bo‘lsin (ekvator-dagi
yonma-yon 2 meridian oralig‘ini o‘lchab, ya’ni 15° oralig‘i 34
mm
ni 24
ga ko‘paytirsak, globusdagi ekvator uzunligi kelib chiqadi). Yerning
ekvator uzunligi taxminan 40 000 km ga teng. Globus masshtabi:
Globusdan bir-biridan uzoqda joylashgan ikkita shaharni tanlang va
ular orasidagi masofani masshtab asosida aniqlang. Xuddi shu shaharlarni
xohlagan
geografik kartadan aniqlab, ular orasidagi masofani ham
masshtab asosida o‘lchang (albatta ular orasida farq bo‘ladi. Sababi
shundaki, globusda Yer shari deyarli xatoliksiz tasvirlangan. Kartada esa
bu masofa xato-likka yo‘l qo‘yilib tasvirlanadi).
Ular orasidagi xatolik
farqini aniqlang.
Bunday shaharlar Moskva bilan Nyu-York bo‘lsin. Globus-da bu
shaharlar orasidagi masofa 157
mm
ga teng, uni globus masshtabiga
ko‘paytirsak (50
mln
x 15,7
sm)
7850
km
bo‘lar ekan. O‘qituvchilar uchun
nashr qilingan geografik atlasdagi 1:75
mln
masshtabli «Dunyo kartasida»
9975
km
ga teng (ya’ni kartada 13,7 sm x 75
mln
= 9975
km).
Bu
masofalarni
taqqoslasak, biz kartaga ko‘chirilgan nusxaning xatoligini
ko‘ramiz, ya’ni globusda 7850
km
bo‘lsa, kartada 9975
km
bo‘lib,
orasidagi farq 2 ming kilo-metrdan ortiqdir (Globusdagi va kartadagi
masofalarni
metalldan, plastmassadan yasalgan chizg‘ichlarda yoki ip
bilan o‘lchab, so‘ng chizg‘ich ustiga qo‘yib, masshtab asosida
aniqlanadi).
Globusda Moskva bilan Nyu-York
ip bilan tutashtirilsa, to‘g‘ri
chiziq — ortodromiya hosil bo‘ladi. Atlasdagi 1:75
mln
masshtabli Dunyo
kartasini olib, bu ikki shaharni topib, ularni to‘g‘ri chiziq bilan
tutashtirilsa, bu to‘g‘ri chiziq ana shu ikki
shahar orasidagi eng yaqin
masofaga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, bu globusdagi va kartadagi bir xil
masofali to‘g‘ri chiziqlar kesib o‘tgan geografik ob’yektlarni taqqoslasak,
ular boshqa-boshqa joylarda o‘tishining guvohi bo‘lamiz. Bu esa
globusdan kartaga o‘tishda yo‘l qo‘yilgan xatolik natijasidir. Odatda,
samolyotlar ortodromiya chizig‘i bo‘yicha uchadilar.