4. Germaniyada ta’lim tizimini rivojlanishi.
Maktabgacha ta’lim tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muxim
bosqich xisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta’limning
kuyi bosqichi xisoblansa-da, lekin u davlat ta’lim tizimi tarkibiga kirmaydi.
Bog’chalarni mablag’ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari
korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar farzandlari
bolalar bog’chalarida tarbiyalanganliklari uchun bog’chaga ancha pul tulaydilar. 3
yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% i bog’chalarga qatnamaydi. Germaniyada
odatda bolalar bog’chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida esa
uyda, oilada bo’ladi. Germaniyada kuni o’zaytirilgan bog’chalar ham mavjud.
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu
jarayon 12 yil davom etadi. Bundan o’quvchilar 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yillik)
maktabda tula kunlik o’qishni bitiradi, keyin xo’nar- texnika bilim yurtida tuliq
bo’lmagan xaftalik o’qishda o’qiydi. O’qish davlat maktablarida tekin. Maktab
o’quvchilariga o’quv qullanmasi, asosan darsliklar tekin bo’ladi. Xususiy maktablar
ozroq.
O’qish 6 yoshdan boshlanib 4 yil davom etadi ( faqat Berlinda 6 yil ). Boshlang’ich
maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish bosqichidagi maktabga utadilar. Bu yerda 5-6
guruh bosqichidagi yo’nalish maktablarida maxsus dastur asosida o’qiydilar. Keyin
navbatdagi maktab turiga kuchadilar:Bular asosiy .maxsus maktab, aniq bilim
yurtlaridir. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o’tadi. 9 yillik yoki 10 yillik o’qish
tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlik boshlanadi . Maxsus maktablarda nuqsonga
ega bo’lgan bolalar o’qiydi. Aniq bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich
maktabi o’rtasida turadi. Qoidaga ko’ra bu yerda o’qish 6 yil davom etadi .5-10 –
guruhgacha va tula o’rta ma’lumot berish bilan tugallanadi. 11-13 guruhlar oliy o’quv
yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Germaniya ta’lim tizimida hunar
60
ta’limi muhim ahamiyatga ega, Chunki yuqori malakali ishchilarga bo’lgan talab
kuchlidir. Tuliqsiz o’rta maktabni bitiruvchilarning (9-10 guruhlar) 79% i, tuliq o’rta
maktabni bitiruvchilarning esa 20%i xo’nar ta’limi tizimida bilim olishni davom
ettiradi. Aksariyat xollarda o’qish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. O’qish 3
bosqichdan iborat bo’lib, 1 yil asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o’qitilayotgan
kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy
mashg’ulotlar o’tkaziladi, 2 yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi.
O’quvchining birinchi yildan ikkinchi yilga utishi uchun sinov imtixonlari o’tkazilib,
o’qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil imtixonlar maxsus
komissiya tamonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi
muttahassislari, federal yerlardagi sanoat palatasi, xo’narmandchilik palatasi
vakillaridan iborat . Hunar maktablarining diplomlari oliy o’quv yurtlarga kirish
uchun xuquq bermaydi. Buning uchun bir yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab
etiladi. O’qishga qabul qilish imtixonsiz, maktab ta’limi to’g’risidagi xujjatga asosan
amalga oshiriladi . Oliy maktab o’zini-o’zi boshqarish xuquqiga ega. Oliy o’quv
yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan prezident boshqaradi. O’zini –
o’zi boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlarning
bosqichma–bosqich
ishtiroki
tamoyiliga
amal
qilinadi.Uning
tarkibiga
o’qituvchilar,o’quvchilar ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o’qishi
erkin tashkil etilgan. Ko’p sonli o’quv bosqichlari bilan birga o’quv rejalari taklif
etiladi. O’qishga xaq tulanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota- onalari oziq –ovqat
harajatlarini kutara olmasa,o’qish uchun moliyaviy yordam ko’rsatish to’g’risidagi
federal qonunga ko’ra, ular moliyaviy yordam oladilar.
Germaniyada xalq universitetlari mavjud bo’lib, ular partiya va dindan tashqari
muassasa.Ularning ko’pchiligi kechki bo’lib, faqat 1989 yilda universitetda 400000
kishilik kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirdi.
Davlat malaka oshirganlarni rag’batlantirib turadi. Yarim yil davomida malaka
oshirgan ishchilarning 75 % i ish bilan taminlanadi. Cherkovlar ham fuqarolar bilim
darajalarini oshrishda faol ishtirok etadi.
Oliy o’quv yurtlarida tadqiqot bilan shug’o’nllanish qadimiy an’analaridan biridir.
Utgan asr boshlarida Vil’gelm Fon Gumbold Pruss universitetlarini islox qildi,
o’shandan beri «tadqiqot va o’qitish birligi» ularning hayotiy tamoyillariga aylanib
qolgan. Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishda va juda murakkab tizimga ega. Shu
bilan bir qatorda xozirda Germaniya ta’lim tizimini islox etish yo’lida yangi
izlanishlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |