3. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari Arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibi


Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari



Download 22,18 Kb.
bet3/4
Sana12.06.2022
Hajmi22,18 Kb.
#658089
1   2   3   4
Bog'liq
Tadqiqot ishlarida arxiv fondlari hujjatlaridan foydalanish

3.Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari
18. Davlat arxivlarning o‘quv zallarida ishlayotgan foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
o‘quv zallarining ish tartibi, arxiv tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va ularni ko‘rsatish shartlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish;
izlanish maqsadi bo‘yicha mavjud hujjatlarning tarkibi va mazmuni, arxiv ma’lumotlari to‘g‘risida arxiv mutaxassislaridan maslahatlar olish;
izlanish maqsadi bo‘yicha hujjatlarni berish va nusxa ko‘chirishga cheklovlar, shuningdek, ularning amal qilish muddatlari to‘g‘risida og‘zaki yoki yozma axborot olish;
bosma nashrlar saqlovxonalarining bosma nashrlaridan (ilmiy-ma’lumotnoma kutubxonalari, ma’lumotnoma va axborot fondlari) foydalanish;
izlanish maqsadi bo‘yicha arxiv hujjatlaridan nusxa olishga buyurtma berish, yig‘majildlar, arxiv hujjatlari, arxiv ma’lumotnomalaridan ko‘chirmalar olish;
arxiv rahbariyatining yozma ruxsati bilan boshqa foydalanuvchilarning ishlashiga xalaqit bermagan holda shaxsiy texnik vositalaridan (noutbuk, netbuk, diktofon va boshqalardan) foydalanish yoki arxiv texnik vositalarini ijaraga olish;
izlanish maqsadiga tegishli ishlanmalar va matnli hujjatlarni arxiv ruxsatnomasiga asosan olib kirish va olib chiqish.
19. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
davlat arxivlari o‘quv zallarining ish tartibiga rioya etish, tozalik va tinchlikni saqlash;
o‘quv zaliga har bir tashrifida qayd etish jurnalida ro‘yxatdan o‘tish;
ko‘rib chiqilgan yig‘majildlardan foydalanish varaqalarini to‘ldirish, unda foydalanish sanasi, ismi, familiyasi, otasining ismi, foydalanish shaklini (nusxa olish, ko‘chirma olish, ko‘rib chiqish va boshqalar) aks ettirish;
o‘quv zaliga har bir tashrif yakunida unga taqdim etilgan ro‘yxatlar, yig‘majildlar (saqlov birliklari), arxiv hujjatlari, bosma nashrlarni o‘quv zali xodimiga topshirish;
mikronusxalar, maxsus axborot tashuvchilardagi hujjatlar bilan ishlashda texnik talablarga rioya qilish;
qo‘riqlash xizmati talablariga rioya etish, favqulodda vaziyatlarda (yong‘in, avariya va boshqa xavflar yuzaga kelganda) va boshqa zarur hollarda shaxsiy buyumlarni arxiv xodimlariga ko‘rsatish;
arxiv hujjatlariga yetkazilgan shikastlar yoki arxiv hujjatlaridagi yetishmovchiliklar aniqlanganligi to‘g‘risida tezkor ravishda arxiv va idoraviy arxiv xodimlariga xabar berish;
arxiv hujjatlaridan olingan ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish yoki soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik.
20. Foydalanuvchining qo‘lyozma ma’lumotlari ruxsatnomasiz olib chiqiladi.
21. Arxiv rahbariyati ruxsati bilan foydalanuvchiga tarjimonlar yoki yordamchilar hamroh bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Hamroh bo‘luvchi shaxslar o‘quv zallarida ishlash uchun umumiy shartlarga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
22. Davlat arxivlarining o‘quv zallari qoidalarini buzgan foydalanuvchi arxivning o‘quv zalida ishlash huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqida qaror arxiv rahbariyati tomonidan qabul qilinadi.
23. Arxiv hujjatlariga ziyon yetkazish va o‘g‘irlash, shuningdek, arxivga moddiy zarar yetkazgan foydalanuvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Download 22,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish