Yunusobod tumani Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi “Bolajon” nomli 532-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o'tkaziladigan bayram tadbiri yuzasidan yig’ilish
BAYONNOMASI
3 fevral 2021 yil Toshkent sh
Yig’ilish raisi: tashkilot
direktori D.A.Usmanova
Kotiba: M.S.Abdullayeva
Qatnashdilar: barcha pedagog
hodimlar hamda mutaxassislar
Kun tartibida
Ulug’ bobomiz, she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi munosabati bilan DMTTda “Buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy” nomli bayram tadbirini o’tkazish.
Kun tartibidagi masala yuzasidan tashkilot direktori D.A.Usmonova so’zga chiqib, 9 fevral kuni ulug’ mutafakkir, so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda o’quv muassasalarida Buyuk mutafakkir, ulug’ bobomiz Mir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari keng nishonlanishini, shu bilan birgalikda ta’lim tashkilotida ham bayram munosabati bilan “Buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy” nomli bayram tadbiri o’tkazilishi rejalashtirilganligi haqida ma’lum qilib, bayram tadbirini na’munali o’tkazish maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan holda bayram o’tkazilishi davrida barcha pedagoglarning o’zaro hamkorligi, ahilligi asosida ko’maklashuvi hamda bayram tadbirlarni o’zaro kuzatish orqali ish tajribalarni o’rganish va muhokama qilish masalalari ko’tarildi. Bunda tashkilot musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo’riqchisi, til o’qituvchilari va shu kabi mutaxassislarning o’z faoliyatlaridan na’munalar taqdim etish orqali faoliyatlari sifatini ko’rsatish imkoniyatlari mavjudligi e’tirof etildi.
Masala yuzasidan tashkilot musiqa rahbari Abdullayeva N. hamda tashkilot til o’qituvchisi Istamova D.lar so’zga chiqib, ushbu tadbir tashkil etilishi va o’tkazilishida amaliy ko’mak berish orqali o’z faoliyatlaridan na’munalar taqdim etish istaklari borligini ma’lum qilishdi.
Tashkilot uslubchisi M.S.Abdullayeva so’zga chiqib, tashkilotda tashkil etiladigan har bir bayram, har bir ko’rik-tanlov hamda tadbirlar bu barcha mutahassislar o’zlarining samarali faoliyatlarini nomoyon etishga imkoniyat ekanligini va ularni tahkil etish yo’llari to’g’risida so’z yuritdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan tashkilot pedagog-tarbiyachisi Grigoryants.N.A. so’zga chiqib, hozirgi pandemiya davrida tarbiyalanuvchilar salomatligini asrashga qaratilgan chora-tadbirlar mazmunidan kelib chiqqan holda bayramga taklif etiladigan mehmonlar ro’yxatini qisqartirish hamda mehmonlarni taklif qilish masalasida bayramni tor doirada o’tkazish taklifini bildirdi. Ushbuga fikrga qo’shimcha sifatida tashkilot hamshirasi Toshkent shahar MTBBning 09.09.2020 yildagi 136 sonli buyrug’i mazmunini yana bir bor eslatib o’tish vazifasi ekanligini ma’lum qildi. Taklif tashkilot hamshirasi hamda barcha pedagoglar tomonidan ma`qullandi.
Yuqorida ko’rilgan masalalar inobatga olinib,
yig’ilish qaror qiladi:
Tashkilotda ulug’ shoir, she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi munosabati “Buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy” nomli bayram tadbirini o’tkazish yuzasigi axborotlar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
MTTda nishonlanadigan har bir bayram hamda tadbirlar o’tkazilishi yuqori saviyada tashkil etilsin hamda bayramni o’tkazish va unga tayyorgarlik jarayonida pandemiya sharoitlari inobatga olinsin.
Ma’sul: DMTT hamshirasi, uslubchi hamda guruh tarbiyachisi
Tashkilot mutaxassislari faoliyat turidan kelib chiqqan holda o’zlarining samamrali ish natijalarini har bir bayram hamda tadbirlarda namoish etishlari ko’zda tutilsin.
Ma’sul: mutaxassislar Muddat: o’quv yili davomida
Yig’ilish yuzasidan qabul qilingan qarorlar ijrosi nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.
532-DMTT direktori: D.A.Usmanova
Do'stlaringiz bilan baham: |